• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Futzalchilar 1 oyda o‘rtacha 5 mln so‘m maosh oladi”. O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi eng yaxshi futzalchilaridan biri Davron Choriyev bilan intervyu

    Deyarli barcha davrlarda O‘zbekistonda futzalga unchalik katta e’tibor qaratilmagan. Tashkil etilgan jamoalar esa yo qaysidir tashkilot, yo qaysidir futbol klubi muassisligida faoliyat yuritgan. Milliy chempionat bahslari, umuman, mavsumlar ham ortiqcha shov-shuvlarsiz o‘tkazib yuboriladi. Shunga qaramay O‘zbekiston futzal terma jamoasi doimo Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan va yetakchilar qatorida tilga olinadi. Hatto (futbol jamoasidan farqli o‘laroq) o‘zbekistonlik futzalchilar 2016-yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati bahslarida ham ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgandi. “Daryo” muxbiri Bilol Erkin O‘zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Davron Choriyev (1993-yilda tug‘ilgan, “Ardus”, OKMK va O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yinlari bilan yaxshi tanilgan) bilan bog‘lanib, undan ushbu sportga qanday kirib kelgani, nima sababdan chet elga ketmasligi, kelgusidagi rejalari, O‘zbekistondagi futzalning darajasi, u yerdagi maoshlar va bir qator boshqa mavzular haqida suhbatlashdi.

    — Suhbatni bolaligingizdan boshlasak, futzalga kirib kelishingiz qanday kechgan? Ilk qadamlar futboldan boshlangan bo‘lsa kerak?

    — Futzalga men ham ko‘pchilik futzalchilarimiz singari katta futboldan kirib kelganman, 7 yoshimdan futbolga qatnashishni boshlaganman, 15 yoshimda jarohat sababli (oyog‘im singandi o‘shanda) oila a’zolarim futbolga ruxsat berishmagan, ammo baribir qiziqish kuchli bo‘lgani uchun futbol o‘yinlaridan qolmaslikka harakat qilardim, orada akam Dilshod Rahmatov (akam ham futzalchi, yoshligidan shug‘ullanadi) futzalga qatnashishni boshladi, men ham akamga qo‘shilib, mashg‘ulotlarga kelardim, ko‘rib kuzatardim. Dastlab havaskorlar jamoasidan boshlaganman, “Toshkent Siti” deb nomlanardi jamoamiz, hozirda esa OKMK futzal jamoasidaman.

    — Yosh bolakaylarning futzalga qiziqishi va katta bo‘lsam futzalchi bo‘laman deyishlari uchun nima qilish kerak?

    — Futzalga yoshlarni jalb qilish uchun birinchi navbatda futzal maktablari kerak deb o‘ylayman, lekin hozirda futzalga e’tibor kuchaymoqda, tez orada bu muammolar hal bo‘ladi degan umiddaman.

    — O‘rtamiyona futzalchining maoshi bilan oila boqish mumkinmi? Sir bo‘lmasa, futzalchilar o‘rtacha qancha maosh oladi?

    Foto: “Championat.asia”

    — Maosh masalasimi (kuladi)? Albatta, yetadi deb o‘ylayman. Hozirda futzalchilar 1 oyda o‘rtacha 5 million so‘m maosh oladi, lekin hamma joyda ham emas, albatta.

    — Umuman, bizdagi futzalning darajasi qanday? Uni ommalashtirish uchun qanday ishlar qilinishi kerak?

    — Umuman olganda, futzalimiz hozir yaxshi darajada, uni ommalashtirish uchun hamma ishlar qilinyapti deb o‘ylayman, o‘yinlarimiz “Sport TV” telekanalida jonli efirda namoyish etilmoqda, bu ham futzalning rivoji uchun katta natija deb o‘ylayman.

    — Reyting bo‘yicha Osiyoda 3-o‘rinda turar ekanmiz. Agar ushbu sportga yaxshiroq e’tibor qaratilsa, bundan-da yaxshiroq natijalarga erishish mumkinmi?

    — Albatta, e’tibor yanada kuchaytirilsa, natija ham bundan-da yaxshi bo‘ladi.

    — Ko‘pchilik sizni terma jamoadagi faoliyatingiz orqali biladi. Klublar o‘rtasidagi milliy chempionat bahslariga nega e’tibor kam?

    — Ha, e’tibor kam juda past edi, hozirda kuchaymoqda.

    — Shu vaqtgacha bir necha marotaba klub almashtirdingiz. Bu jarayon qanday amalga oshadi? Bu yerda ham futboldagi kabi agentlar bormi?

    — Futzalda asosan o‘yinchilar va murabbiylar o‘zaro kelishgan holda transferlar amalga oshiriladi.

    — O‘zbekistonning eng yaxshi futzalchilaridan biri sifatida sizga chet eldan takliflar bo‘lganmi?

    Foto: O‘FA

    — Chet yeldan takliflar bo‘lgan, haligacha bo‘lib turibdi.

    — Nega ketmaysiz, tajriba orttirib kelmaysizmi, chet elda maoshlar ham yaxshi bo‘lsa kerak?

    — Takliflar moliyaviy taraflama yaxshi emas, shuning uchun. Shu yerda oladigan puldan ozgina ko‘proq berishadi.

    — Bir necha yil ilgari ispaniyalik Xose Mariya Mendez terma jamoamizni boshqargandi. U futzalimizga nimalar bergan?

    Foto: “Sports.uz”

    Foto: “Sports.uz”
    Xose Mariya Mendez

    — Xose Mariya Mendez futzalimizda o‘rni katta inson, kuchli murabbiy. U olib kirgan futzal bizda haligacha o‘z mevasini bermoqda deb aytish mumkin.

    — Argentina terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Bunday o‘yinlar nimasi bilan ahamiyatli?

    — Argentina darajasidagi jamoalar bilan o‘yinlar har taraflama katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi.

    Foto: O‘FA

    — Terma jamoa qanday shakllantiriladi, jamoada raqobat qay darajada, yoshlar kam emasmi?

    — Terma jamoani asosan murabbiylar shakllantiradi. Raqobat juda kuchli. O‘ylashimcha, hozirda yosh futzalchilar borasida hech qanday muammo yo‘q.

    — Yaqin bir necha yil ichidagi rejalaringiz qanday? Necha yoshgacha faoliyatingizni davom ettirmoqchisiz?

    — Rejalarim, milliy chempionatimizda chempion bo‘lish va, albatta, sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida munosib ishtirok etish. Faoliyatimga kelsam, uzoq qolmayman deb o‘ylayman (kuladi).

    Boshqa intervyu: Terma jamoa, legioner sifatidagi faoliyat, O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyatlari haqida Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi Server Jeparov bilan intervyu

    14.02.2021, 12:01   Izoh (0)   11712
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UFC 258. Kamaru Usmon braziliyalik Gilbert Byornsni 3-raundda nokautga uchratdi

    14.02.2021, 11:20

    Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 7-jangida amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi

    14.02.2021, 07:36

    A Seriya. “Milan” kutilmaganda autsayder jamoaga yutqazib qo‘ydi

    14.02.2021, 07:27

    La Liga. “Barselona” 6 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Messidan shedevr gol

    14.02.2021, 03:36

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga javobsiz uchta gol urdi, Ilkay Gundo‘g‘andan dubl

    14.02.2021, 00:52

    A Seriya. “Yuventus” safarda “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi

    14.02.2021, 00:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.