Yaponiya shimoli-sharqida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat meteorologiya agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Zilzilaning episentri Tinch okeanida, Fukusima prefekturasi hududida ekani aytilmoqda. Silkinishlarning maksimal kuchi 7 balli Yaponiya shkalasida 6+ ballni tashkil qilgan.
Yer silkinishi Tokioda ham sezilgan, mamlakat poytaxtida taxminan 4 balli zilzila kuzatilgan.
Sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va vayron bo‘lgan binolar haqida ham hozircha ma’lumotlar mavjud emas, zilzila oqibatida ikki nafar odamga talafot yetgan. Keyinchalik Kiodo agentligi jarohatlanganlar sonining yigirma nafarga yetganini xabar qildi.
Zilziladan keyin Tokioning sakkizta prefekturasida jami 835 ta xonadon elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Avvalroq 12-fevral kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida sezilgandi.
Izoh (0)