Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 24-turidan o‘rin olgan “Lester”—“Liverpul” uchrashuvi 13-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Bahsning 67-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Muhammad Saloh hisobni ochdi.
Mag‘lubiyatga uchrayotgan “tulkilar” 7 daqiqa ichida 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab 78-daqiqada Jeyms Meddison hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, undan 3 daqiqa o‘tib Jeymi Vardi jamosini oldinga olib chiqdi. Oradagi farqni oshirgan 3-gol 85-daqiqada Harvi Barns tomonidan kiritildi.
“Lester” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 46 taga yetkazdi va APL musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Liverpul” esa 40 ochkosi bilan hozircha 4-o‘rinni band etib turibdi.
APL
24-tur bahslari
13-fevral, shanba
“Lester”—“Liverpul” 3:1
Gollar: 0:1 – 67 Saloh, 1:1 – 78 Meddison, 2:1 – 81 Vardi, 3:1 – 85 Barns.
“Lester”: Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Suyunju, Evans, Amarti, Ndidi, Tilemans (Chouduri, 87), Barns, Olbrayton (Peres, 74; Mendi, 90), Meddison, Vardi.
“Liverpul”: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Kabak, Henderson, Veynaldum (Shakiri, 87), Milner (Tiago Alkantara, 17), Saloh, Jons (Oksleyd-Chemberlen, 75), Mane, Firmino.
Ogohlantirishlar: Jons (24), Evans (43), Kabak (71).
Izoh (0)