O‘zbekiston va Germaniy o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanadi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasida mamlakatda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatish bo‘yicha 2020-yil 21-dekabrda joriy etilgan cheklov bekor qilindi.
Hozirda 1-martga qadar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya hamda Janubiy Afrika davlatlari o‘rtasidagi xalqaro aviareyslarga (kirish, chiqish va tranzit) cheklovlar joriy etilgan.
Bundan avval Maxsus komissiya Eronning Iran Aseman Airlines aviakompaniyasi hamda Misrning Fly Egypt aviakompaniyasi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)