O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida so‘z boradi.
Qarorda qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib belgilanadi. Bu bosqichma-bosqich jarayon — 2021-yilda u, masalan, 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
Avvalroq USM Telecom va “MegaFon” O‘zbekistondagi hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona — Digital Holding’ni tashkil etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uning tarkibidan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin olgan.
Izoh (0)