• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Yosh bolalar ayrim harflarni ayta olmasligiga sabab nima? Davo choralari va foydali mashqlar

    Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev yosh bolalarning ayrim harflarni talaffuz qila olmasligi — dislaliya haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dislaliya — o‘z ona tilida biror tovush talaffuzining kamchiligi, ko‘pincha “Sh” , “Ch”, “Z”, “R” tovushlar kamchiligi uchraydi.

    Kelib chiqish sabablari:

    • Homiladorlik davrida bo‘lib o‘tgan asoratlar: kamqonlik, infeksiya, jarohat, shu jumladan, ruhiy jarohat, qarindoshlar orasidagi nikoh va boshqa omillar ta’sirida;
    • Til rivojlanishida;
    • Jag‘, tanglay rivojlanishida;
    • Eshitish a’zolarida;
    • Asab tizimi rivojlanishida nuqson paydo bo‘lishi mumkin.
    Tug‘ilish va tug‘ilgandan keyingi davrda:

    Bosh miya jarohati, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari jarohati, tishlash nuqsoni ( “prikus” noto‘g‘riligi) – ko‘pincha tomoq, burun kasalliklari (adenoid, surunkali rinit va boshqalar) oqibatida kelib chiqadi.

    Murojaat qilgan bemorlarni logoped, stomatolog, nevropatolog, LOR shifokorlari tekshiruvidan o‘tkaziladi. Og‘iz bo‘shlig‘i, til, tishlar nuqsonlari, asab tizimi kasalliklari bor, yo‘qligi aniqlanadi. Fonetika, grammatika va shakllangan so‘z boyligini o‘rganishga qaratilgan logopedik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

    Davolash:

    Logoped bemor bolalarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, nutq buzilishining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tilni bir xilda bo‘lgan harakatlarni shakllantirishga o‘rgatadi. Nutq terapiyasi, nafas olish mashqlari bajariladi, til massaj qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, logoped davolashni boshlagandan so‘ng bemor uyida mustaqil ravishda shug‘ullanishi ham kerak, shunda natija samarali va tezroq bo‘ladi. Bemorlar bolalik davridan qunt bilan davolansa, bola 7-8 yoshga to‘lguncha undan xalos bo‘ladi, bu bolani ijtimoiy psixologik bosim oqibatlaridan saqlaydi.

    Olimlar bolaning barmoqlari, aniq harakatlari rivojlanishi uning nutqi va tafakkurining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqligini isbotlashgan. Rossiyalik olimalar Kolsova M.M. va Ruzina M.S. “Bola gapirishni o‘rganadi. Barmoqlar o‘yini” kitobida keltirilishicha, barmoqlar harakatlari yuqori darajada rivojlangan bolalarda nutq, fikrlash, xotira, e’tibor rivojlangan bo‘ladi, bundan tashqari, maktabga intellektual tayyorgarlik yuqori bo‘ladi.

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki , barmoq harakatlarning rivojlanish darajasi bolalar nutqining rivojlanish darajasiga to‘g‘ri keladi. Barmoqlar harakatlari erkin bo‘lmaguncha bolalarda nutqning rivojlanishiga erishish imkonsiz.

    Bolalarda barmoqlar mashqi bo‘yicha ishni 6-7 oyligidan boshlash mumkin.

    Har kuni umumiy uqalash va gimnastika paytida qo‘llarni 2-3 daqiqa davomida yengil uqalash kerak.

    Rag‘batlantiruvchi qo‘l mashqlari besh bosqichdan iborat:

    • Bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.
    • Barmoqlarni, bosh barmoqdan tashqari, bukish va to‘g‘rilash, 5-6 marta.
    • Bosh barmoqni o‘ng, chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakat.
    • Kaftni faollashtirish: barmoq bilan bolaning kaftini sekin spiral ko‘rinishida silash, spiral kengayib borib oxiri bola bosh barmog‘ida tugaydi, 2-3 marta.
    • Bolani qo‘lining barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.
    Bolaning o‘n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak, har xil diametrdagi koptokchalarni aylantirish, kub, doira shakldagi o‘yinchoqlardan piramidalar yasash.“Lego”dan har xil jismlar yasash va shu kabilar.

    Bola katta bo‘lib, es-hushini tanigan sari o‘yinchoqlardan tashqari uy xo‘jaligida foydalanadigan anjomlardan har xil o‘yin shaklida: “mohir oshpaz”, “mohir chevar”, “bog‘bon”, “qo‘li gul usta” yo‘nalishida mashqlardan foydalanish kerak, har bir yutug‘ini so‘z, erkalash bilan rag‘batlantirish kerak. Bu bolani o‘yinchoqlardan zerikishini kamaytiradi, fikrlashini, qunt bilan ishlashini oshiradi. Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalarning barmoqlari, qo‘llarining nozik harakatlari yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, balki bolani chizishga, yozishga tayyorlaydi. Qo‘llar yaxshi harakatchanlikka ega bo‘ladi, elastikligi oshadi, bu yozish harakatlarini egallashni osonlashtiradi.

    Mavzuga doir: Nima sababdan bolalar tunda tagini “ho‘llab qo‘yadi?”. Enurezning sababi va davo choralari

    08.02.2021, 21:46   Izoh (0)   40126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xol bilan adashtirmang: onkologga murojaat qilish vaqti kelganidan darak beruvchi teridagi o‘zgarishlar

    07.02.2021, 16:59

    Tibbiyot qutisidagi xavf: zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan dori vositalari

    07.02.2021, 13:56

    Nafas olishga qiynalyapsiz, tez yordam esa kechikmoqda. Nima qilish kerak?

    06.02.2021, 21:35

    AQShda YTH oqibatida tanasining 80 foizi kuyib ketgan erkakka yuz va ikki qo‘l ko‘chirib o‘tkazildi

    06.02.2021, 17:56

    Qimmat kremlar o‘rnini bosa oladigan arzon vositalar: Ularni dorixonadan topish mumkin

    05.02.2021, 19:36

    Irsiyatmi yoki marketing: Vazn ortishining 10 sababi

    05.02.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.