Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Afrikaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi uch nafar futbolchisi nomini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda Afrika futbol konfederatsiyasiga a’zo mamlakatlar futbolchilarining 2011—2020-yillardagi natijalari hisobga olindi.
Unga ko‘ra, “Liverpul” klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Afrikaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rinda uning jamoadoshi, senegallik Sadio Mane qayd etildi.
Kuchli uchlikni “Manchester Siti” klubi va Jazoir terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Riyod Mahrez egalladi.
Saloh so‘nggi o‘n yillikda “qizillar” safida to‘p surishdan tashqari “Mokavlun”, “Bazel”, “Chelsi”, “Fiorentina” va “Roma” klublarida faoliyat yuritdi.
Avvalroq Afrikaning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzilgandi.
Mavzuga doir:
- So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi to‘purar himoyachilari aniqlandi. Ramos peshqadam, o‘zbekistonlik futbolchi top-20 ga kirdi
- 2020-yilning eng yaxshi futbol klublari reytingi e’lon qilindi. “Paxtakor” dunyo bo‘yicha 85-o‘rinda, Osiyoda esa to‘rtinchi
- 2020-yilning eng kuchli futbol ligalari aniqlandi. O‘zbekiston Superligasi top-50 dan o‘rin oldi
Izoh (0)