• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vazirlik universitet rektoriga 8 nafar talabani magistraturaga qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Biroq topshirig‘i qonuniyligini asoslay olmadi

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov Qarshi davlat universiteti rektoriga bakalavr diplomiga ega 8 nafar talabani magistraturaga qabul qilish haqida topshiriq berdi. Biroq vazirlik ushbu topshiriq qonuniy ekanligini asoslay olmadi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Zarina Itolmasova.

    Zarina Itolmasova.
    Foto: “Daryo”

    Vazirlikning ushbu topshirig‘i sabab adolatsizlikka uchraganini aytayotgan universitet talabasi Zarina Itolmasova mas’ullarga buning izohini so‘rab, qayta-qayta murojaat qilganini, biroq asosli javob eshitmaganini bildirdi.

    “2020-yil Qarshi davlat universitetining xorijiy tillar fakultetini tamomlab, bakalavr diplomini oldim va shu yili magistraturaga hujjat topshirdim. Testdan 179,11 ball olib, yiqilganlar orasida uchinchilikni egalladim. Mutaxassislik fanimdan 55 foizdan yuqori ball to‘plaganim uchun huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilganidek, qo‘shimcha kontrakt uchun hujjat topshirdim. Yiqilganlar orasida mendan yuqorida turgan ikki nafar talabaning balli mening ballimga nisbatan yuqori bo‘lgani uchun ballar ketma-ketligiga ko‘ra ular qabul qilindi. Shundan so‘ng kelasi yil topshiraman deb, tayyorgarlikni boshlab yubordim.

    Keyinchalik eshitsam, bizning yo‘nalishimiz bo‘yicha yana 2 ta qo‘shimcha o‘rin berilgan. Tezda universitetga yetib bordim va qo‘shimcha o‘rin berilganini, men ro‘yxat boshida turganimni aytdim. Bilsam, mendan past ball to‘plagan va balli yetmay yiqilganlar ro‘yxatida ham eng quyida turgan talabalar qabul qilingan. Universitet rektoriga uchrashib, adolatsizlik bo‘lganini aytdim. Rektor qo‘shimcha o‘ringa kirishi lozim bo‘lgan talabalar ism-sharifi bilan vazirlikdan aytilganini, shuning uchun boshqa talabalar qabul qilinganini bildirdi. Vazirlikka murojaat qildik. Ular esa universitetga xat yuborib, qonuniylik ta’minlasin va biz shu talabaning, ya’ni meni nazarda tutib, magistraturaga kirishiga qarshi emasmiz degan mazmunda xat berdi. Rektor esa bu xat meni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lolmasligini, vazirlik 8 nafar talabani qabul qilish uchun qanday topshiriq bergan bo‘lsa, xuddi shu mazmunda xat berishi lozimligini aytdi”, — deydi Zarina Itolmasova.

    Zarina Itolmasovaning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, kuni kecha shu yo‘nalishga yana qo‘shimcha bir o‘rin berilgan. Va bu safar ham balli past, ro‘yxatda eng quyida turgan talaba magistraturaga qabul qilingan.

    “Bu adolatsizlik-ku, deb universitetda shu ishga mas’ul bo‘lgan ilmiy kotib Ismoil Yo‘ldoshevga murojaat qildim. U kishi bu o‘rin ham vazirlik tomonidan yuborilganini aytib, bu sir ekanligini, sirni esa menga aytolmasligini bildirdi”, — deydi adolatsizlikka uchrayotganini aytayotgan talaba.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan yana bir talaba Umar G‘oyipov ham vazirlikning imi-jimidagi harakati unga ham ta’sir qilayotganini bildirdi.

    “2020-yil bakalavrni tamomlab, magistraturaga hujjat topshirdim. 179,9 ball bilan yiqilganlar orasida to‘rtinchi o‘rinda turibman. Biroq universitet rahbariyati qo‘shimcha kontrakka ro‘yxat asosida emas, saralab olib qabul qildi. Bu saralash sababini so‘rasak, vazirlikdan shunday topshiriq bo‘lgan deyishdi. Vaholanki, agar imtiyoz berilsa, menga o‘xshagan ota-onasi nogiron va muhtojligi borlarga imtiyoz berilmaydimi? Vazirlik qaysi hujjatga asoslanib, bunday adolatsizlikka qo‘l urdi?”, — deydi Umar G‘oyipov.

    Umar G‘oyipov.

    Umar G‘oyipov.
    Foto: “Daryo”

    Talabalar aytayotgan mazkur adolatsizlikni izohlagan Qarshi davlat universiteti xodimi, aynan shu ishga mas’ul Ismoil Yo‘ldoshev vazirlik xati vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imzosi bilan taqdim etilganini aytib, xat XFU shaklida — ya’ni xizmat faoliyati uchun yuborilganini bildirdi. Hamda xatdan nusxa taqdim etolmasligini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    “Xorijiy tillar fakultetining magistraturasiga qabul qilingan dastlabki ikki nafar talaba ballar ketma-ketligiga ko‘ra, qabul qilingan. Ammo keyin qabul qilingan 3 nafar talaba esa murojaatchi talabalarga nisbatan past ball to‘plagan bo‘lsa-da, vazirlik xatiga ko‘ra o‘qishga olingan. Vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imzosi bilan yuborilgan xatda ism-shariflari ko‘rsatilgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga ariza bilan murojaat qilgan va shunga asoslanib, vazirlik ro‘yxatiga kiritilgan”, — deydi Ismoil Yo‘ldoshev.

    Surishtiruvlardan aniqlanishicha, vazir o‘rinbosari imzosi qo‘yilgan 01—07/ 1— 1400-sonli xat 2020-yil 11-dekabr kuni universitet rektoriga yuborilgan bo‘lib, unda A.Yigitaliyev, Sh.Razzoqova, M.Norqobilova, G‘.O‘ralov, E.Xushvaqtov, M.Karimova, S.Murodova, B.Rahmonovlarni magistraturaga qabul qilib, rasmiylashtirish so‘ralgan.

    Ismoil Yo‘ldoshev.

    Ismoil Yo‘ldoshev.
    Foto: “Daryo”

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev “Daryo” muxbirining “Vazir o‘rinbosarining universitet rektoriga yo‘llangan xatiga nega aynan 8 nafar ism-sharif ko‘rsatilgan? Nega ballar ketma-ketligiga rioya qilinmagan? Vazirlik buni qanday asoslaydi?”, deya bergan savollariga mas’ullar bilan gaplashib, ma’lumot berishini aytdi. Biroq aytilgan fursat o‘tsa-da, tayinli javob bermadi.

    Farhod Babashev ham vazirlik xatida ism-sharifi ko‘rsatilganlar past ball to‘plagan bo‘lsa-da, ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga ariza bilan murojaat qilganini, vazirlik xatiga davlat komissiyasidan kelgan hujjat asos bo‘lganini aytish bilan kifoyalandi. Biroq davlat komissiyasidan vazirlikka berilgan va rektorga topshiriq berishga asos bo‘lgan hujjat nomi ham, o‘zi ham oshkor qilinmadi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, davlat komissiyasiga faqat shu 8 nafar talaba ariza bilan murojaat qilganmi? Nega viloyat bo‘yicha shu 8 nafar talaba ism-sharifi vazirlik xatida tilga olindi? Agar magistraturaga qabul qilish davlat komissiyasiga shunchaki ariza yozish bilan hal qilinadigan bo‘lsa, unda yuqori ball to‘plaganlar davlat komissiyasiga murojaat qilsa-da, nega qabul qilinmagan?

    Yangi vazir Abduqodir Toshqulov vazirlikning axborot xizmati javob berolmagan savolga e’tibor qaratib, tayinli asos ko‘rsatadi yoki adolatsiz bo‘lgan bo‘lsa, adolatning qaror topishida tashabbus ko‘rsatadi degan umiddamiz.

    31.01.2021, 23:57   Izoh (0)   34659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobodda ishchilar daraxtlar atrofini betonlab tashladi

    31.01.2021, 23:36

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadiganlar soni qariyb ikki baravar oshirildi

    31.01.2021, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev: “2021-yilda ‘Bir million dasturchi’ loyihasi doirasida 105 ming nafar yosh IT-texnologiyalar bo‘yicha onlayn o‘qitiladi”

    31.01.2021, 22:59

    Qarshi tuman hokimining xizmat xonasida murojaatchi ayollarni “razbor” qilgani aytilgan ayol jurnalist ekani, shu harakati sabab ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilind...

    31.01.2021, 22:17

    “Bizga neft bering, ishlashni xohlaymiz”. Farg‘onadagi zavod ishchilari ishsiz qolayotganini aytmoqda

    31.01.2021, 21:37

    Olimxon Rustamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    31.01.2021, 21:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Armaniston hukumati Jennifer Lopesning Yerevandagi konsertiga 7 mln dollar ajratdi

    Layfstayl | 4 avgust, 15:35

    Eronda mudofaani kuchaytirishga qaratilgan kengash tuzildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:25

    “Manchester Siti” Jeyms Makeyti uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 15:05

    Yangi Zelandiyada ayol chamadonidan 2 yashar qiz topildi

    Dunyo | 4 avgust, 15:00

    Megan Markl 44 yoshda ham go‘zal qomatga ega bo‘lishiga yordam bergan 15 ta odat

    Ayollar sahifasi | 4 avgust, 14:45

    Meta, Apple, Google va boshqa elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.