“Xalq banki” sizga ikki karra daromad olish imkoniyatini taqdim etadi. Qanday qilib, deysizmi?
Buning uchun yuridik shaxs sifatida “Xalq banki”ning istalgan filialidan “Maksimal” jamg‘arma depozit turini ochishingiz lozim. Tabiiyki, bundan mo‘maygina daromad olasiz – yillik 14 foiz miqdorida!
Biroq, asosiysi hali oldinda. Depozit ochdingizmi, endi siz super aksiya ishtirokchisisiz! Bu – yana bir bor boyish imkoniyati! Chunki super aksiyaga super sovrinlar qo‘yilgan: yangi uy-joy, ikkita Gentra Lacetti avtomobili, 25 ta televizor va pul mablag‘lari.
Darvoqe, “Maksimal” jamg‘arma depoziti muddati — kamida 6 oy. Unga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori esa 10 million so‘mdan kam bo‘lmasligi shart!
Yutuqlar o‘yini onlayn translyatsiya tarzida “Xalq banki”ning Facebook sahifasida o‘tkaziladi. G‘oliblar Random tizimi orqali aniqlanadi. Aksiya g‘oliblari ro‘yxati www.xb.uz saytning “Yangiliklar” bo‘limida e’lon qilinadi.
Ishtirok eting va super yutuqlar egasiga aylaning!
Yanada to‘liqroq ma’lumot olish uchun Call-markazining (71) 210 20 02 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)