Yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovskining (22-1) navbatdagi jangi sanasini tasdiqlandi.
UFC matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Volkanovski 27-mart kungi (Toshkent vaqti bilan 28-mart tongida) UFC 260 musobaqasida Brayan Ortegaga (15-1) qarshi jang qiladi. Bu jang UFC kechasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
Ortega 2020-yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Chon Han Sonni (“Koreyalik zombi”) mag‘lub etgandi. Volkanovski esa ketma-ket ikki marta Maks Holloueydan ustun keldi.
Ortega yarim yengil divizionda Holloueydan keyingi 2-raqamli jangchi hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)