Transfermarkt portali ayni vaqtda top-5 ligalarda ijara asosida harakat qilayotgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi pog‘onada “Yuventus”da ijara asosida harakat qilayotgan “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata qayd etildi. Keyingi o‘rin ham “Yuventus”da to‘p tepayotgan Federiko Kyezaga (“Fiorentina”) tegishli bo‘ldi.
27-yanvar kuni “Real”dan “Arsenal” safiga yo‘l olgan Martin Edegor esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Qayd etish lozim, mazkur ro‘yxatdagi aksariyat futbolchilarni jamoalar sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
Top-10 lik bilan tanishing:
- Alvaro Morata (“Atletiko M”dan “Yuventus”ga) — 50 million yevro;
- Federiko Kyeza (“Fiorentina”dan “Yuventus”ga) — 48 mln yevro;
- Martin Edegor (“Real Madrid”dan “Arsenal”ga) — 40 mln yevro;
- Sandro Tonali (“Breshiya”dan “Milan”ga) — 32 mln yevro;
- Mateo Genduzi (“Arsenal”dan “Herta”ga) — 32 mln yevro;
- Dani Sebalyos (“Real Madrid”dan “Arsenal”ga) — 32 mln yevro;
- Moyze Kin (“Everton”dan PSJga) — 30 mln yevro;
- Mussa Dembele (“Lion”dan “Atletiko M”ga) — 30 mln yevro;
- Teemu Bakayoko (“Chelsi”dan “Napoli”ga) — 30 mln yevro;
- Lukas Torreyra (“Arsenal”dan “Atletiko M”ga) — 28 mln yevro;
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)