Farhod Umarov Buxoro viloyatining Vobkent tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 22-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Farhod Umarov ushbu tayinlovga qadar Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Vobkent tumani hokimi lavozimida u Bahodur Bafoyevning o‘rnini egallagan — Bafoyev prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil marti oyidagi Buxoroga tashrifidan so‘ng Vobkent hokimiga aylangan edi.
Avvalroq Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangani, shu vaqtgacha investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov esa viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Xabar to‘ldirilmoqda
Izoh (0)