• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda

    O‘zbekistonda 2023-yilga borib inflyatsiyaning doimiy maqsadli ko‘rsatkichi (target) 5 foiz darajasida belgilanishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi Behzod Hamroyev 21-yanvar, payshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar rivojlanish prognoziga ko‘ra, 2021-yilda inflyatsiya darajasi 9—10 foiz, 2022-yilda 10—11 foiz, 2023-yilda 7—8 foiz bo‘ladi. Bu inflyatsiyani 2022-yilda 8 foizgacha, 2023-yilda esa 5 foizgacha pasaytirishni rejalashtirgan Markaziy bank prognozlaridan farq qiladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Behzod Hamroyev Markaziy bank va Moliya vazirligining (2021-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqqan) inflyatsiya borasidagi prognozlari trayektoriyasida farq borligini tan olgan, chunki “har bir organning mustaqil prognozi bo‘lishi mumkin”.

    “Ammo o‘ylashimcha, biz 2023-yilda inflyatsiya borasida 5 foizli targetga erishamiz. Buning uchun kerakli barcha narsa bor. Bu Markaziy bankning shunchaki xohishi emas, uning asosida turli omil va ta’sirlar hisobga olingan aniq hisob-kitoblar yotibdi”, — deydi u.

    2020-yilning aprelida moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov energiya tashuvchilar narxini erkinlashtirish bo‘yicha oldingi rejalar koronavirus pandemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qilgandi.

    Noyabr oyida hukumat gaz va elektr energiyasi tariflarini 2021-yilgacha o‘zgarishsiz qoldirishi ma’lum bo‘lgandi. Markaziy bank raisi o‘rinbosarining aytishicha, bu inflyatsiya darajasini 10 foizdan pastroq darajada ushlab turishning muhim omillaridan hisoblanadi.

    Behzod Hamroyevning ta’kidlashicha, Markaziy bank uchun bazaviy inflyatsiya (meva va sabzavotlar narxlari hamda tartibga solinadigan narxlar hisobga olinmaydigan inflyatsiya — tahr.) asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Agarda energoresurslar narxining liberalizatsiyasi bo‘yicha choralarning asosiy qismi 2022-yilda, qolgani 2023-yilda qabul qilinsa, bu “ushbu vaqtga borib, bazaviy inflyatsiya darajasini kamaytirish uchun vaqt va imkoniyat beradi”.

    “Prognozimizga ko‘ra, 2022-yilda 8 foiz darajasida inflyatsiyani kutyapmiz, bunda tartibga solinadigan narxlarning o‘sish ta’siri hisobga olingan. 2023-yilda esa, albatta, inflyatsiya 5 foizgacha pasaytiriladi”, — deydi u.

    Markaziy bank 21-yanvar kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Regulyator 2021-yilda YaIMning 4,5—5,5 foizga o‘sishini, inflyatsiya esa 9—10 foizgacha pasayishini kutmoqda.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi
    • Markaziy bank raisi 2021-yilda tadbirkor va ishsiz fuqarolarga ajratiladigan pullar, inflyatsiya va valyuta siyosati haqida ma’lumot berdi

    22.01.2021, 11:43   Izoh (0)   12225
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi”. Buxoro viloyati rahbari Botir Zaripovning lavozimidan “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasi olib tashlandi

    22.01.2021, 11:35

    Foto: Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    22.01.2021, 11:27

    O‘zbekistonga qor bo‘roni yopirildi. Elektr ta’minotida uzilishlar boshlangan, YPX haydovchilardan zaruratsiz mashina haydamaslikni so‘ramoqda

    22.01.2021, 11:21

    “Koronavirusning Yevropada chiqqan shtammi bizgacha yetib kelmasligiga hech kim kafolat berolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

    22.01.2021, 10:58

    O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarining talabalari antropometrik ma’lumotlarni yig‘ishga majburiy safarbar etilganini komissiya o‘rganadi

    22.01.2021, 10:44

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sezildi

    22.01.2021, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.