• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzax viloyati hokimining Mirziyoyev tomonidan “siyosatga xiyonat qilgan” deb topilgan sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Jizzax viloyati hokimining Mirziyoyev tomonidan “siyosatga xiyonat qilgan” deb topilgan sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrpusiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

    Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tumanlarining hokimlari va sektor rahbarlari bilan uchrashuvda Jizzaxdagi qulab tushgan bino voqeasiga munosabat bildirib, Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akram Rahmonqulovni davlat siyosatiga xiyonat qilganlikda ayblagandi. Shundan so‘ng viloyat hokimligi matbuot xizmati Rahmonqulov lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga Bahrom Nazarov tayinlangani to‘g‘risida xabar berdi.

    26-dekabr kuni Telegram’dagi  “Davletovuz” kanali “Jizzaxcha tenderlar-2” sarlavhali yangi surishtiruvni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akram Rahmonqulov Bahriddinovichning qarindoshlari ijtimoiy va boshqa soha obyektlarini qurish bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, Akram Rahmonqulov o‘zi qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya raisi sifatida vakolatli shaxs bo‘lgan.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi tomonidan Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligidagi qurilish obyektlarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish hamda undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi o‘rganilgan.

    O‘rganishlarda Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti, hududiy Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Qurilish vazirligi va boshqa soha mutaxassislari ham ishtirok etgan.

    Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi ma’muriy binosining qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan tanlov hujjatlari o‘rganilganida, xarid komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi, tanlov ishtirokchilari va komissiya a’zolari o‘rtasida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligini bila turib, bunga qonuniy munosabat bildirmagani va hujjatlarni soxtalashtirgani aniqlangan.

    Tanlov komissiyasi a’zolari qurilish obyekti bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan barcha talabgorlarning (“Qurilish ta’minoti” ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi, “Kamol” ko‘p tarmoqli qurilish korxonasi va “Abduvohid Qurilish Ta’mir” MChJlar) 100 foiz ulushi tanlov komissiyasi raisi (viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari) Akram Rahmonqulovning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lganini bila turib, bunga biron-bir qonuniy munosabat bildirmagan va bayonnomaga bu haqdagi ma’lumot kiritilmagan.

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Shuningdek, tanlov hujjatlarini o‘rganish davomida g‘olib deb topilgan “Qurilish ta’minoti” ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi mansabdor shaxslari tanlovda noqonuniy g‘oliblikni qo‘lga kiritish maqsadida korxona moliyaviy ko‘rsatkichlari, ishchi xodimlarning qurilish sohasidagi ma’lumoti va ish tajribasi, shuningdek, tanlovda yuqori ball olishda inobatga olinadigan ma’lumotlarni qasddan oshirib ko‘rsatilganligi aniqlangan.

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Skrinshot: “Orginfo.uz”

    Mazkur holatlarga hujjatlarni ko‘rib chiqqan xarid komissiyasi a’zolari qonuniy munosabat bildirish o‘rniga, yig‘ilish bayonnomalariga soxta yozuv va ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan qalbakilashtirib, korxonani asossiz g‘olib deb topgan.

    Yuqoridagilarning natijasida, tanlovda noqonuniy g‘olib bo‘lgan “Qurilish ta’minoti” ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi tomonidan ma’muriy binoning qurilishida bajarilmagan 1 milliard so‘mga yaqin (905 million so‘m yoki obyekt umumiy qiymatining 8 foizi) qurilish ishlarini to‘lovga asos bo‘lgan hujjatlarida qo‘shib yozib kiritib, shu miqdordagi davlat budjeti mablag‘lari talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘lgan.

    Agentlik tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

    Mazkur hujjatlar bo‘yicha prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatida qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish komissiyasi raisi Akram Rahmonqulovga, shuningdek, komissiya va boshqa tashkilotlar, xususiy korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    “Holat yuzasidan kelgusida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda davlat buyurtmalarini buyurtmachi tashkilot rahbariga tegishli kompaniyalar taqsimlab olgani yuzasidan prokuratura tekshiruvi boshlandi
    • Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi

    22.01.2021, 12:12   Izoh (0)   36226
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Buxoroi sharifdek joyga rahbar bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi

    22.01.2021, 12:09

    Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda

    22.01.2021, 11:43

    “Muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi”. Buxoro viloyati rahbari Botir Zaripovning lavozimidan “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasi olib tashlandi

    22.01.2021, 11:35

    Foto: Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    22.01.2021, 11:27

    O‘zbekistonga qor bo‘roni yopirildi. Elektr ta’minotida uzilishlar boshlangan, YPX haydovchilardan zaruratsiz mashina haydamaslikni so‘ramoqda

    22.01.2021, 11:21

    “Koronavirusning Yevropada chiqqan shtammi bizgacha yetib kelmasligiga hech kim kafolat berolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

    22.01.2021, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.