Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ikkita yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, polkovnik Xolmatov Timur Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu bilan birga, polkovnik Shamsutdinov Xusniddin Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
Avvalroq Jizzax shahriga yangi hokim, Mirzacho‘l, Zafarobod va Forish tumanlarida yangi hokimlar hamda O‘zbekistonning barcha viloyat sudlariga raislar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)