• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibini qabul qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Maykl Richard Pompeoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda barqaror, tizimli tus olgan va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston—AQSh munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

    2018-yil may oyida AQShga amalga oshirilgan, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergan oliy darajadagi tarixiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro almashinuvlar faollashgani alohida ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Konstruktiv, shu jumladan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy, agrar, energetik, ta’lim, huquqni himoya qilish va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda, deyiladi xabarda.

    Keyingi bir necha yil davomida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ko‘paydi. AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Amerika investitsiyalarining umumiy hajmi bir milliard dollardan oshdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Joriy o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda Vebster universitetining filiali o‘z ishini boshladi.

    AQSh davlat kotibi, o‘z navbatida, ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga dildan minnatdorlik bildirdi hamda Prezident Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    AQSh tomoni O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

    Maykl Pompeo O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatda olib borilayotgan demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yuksak baholadi.

    Davlat departamenti rahbari, shuningdek, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratayotganini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Davlat kotibi Toshkentda Markaziy Osiyo va AQSh tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

    Yangi O‘zbekiston rahbarining siyosati tufayli mintaqada ishonch, sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini shakllantirishda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi. O‘tgan yil noyabr oyida Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlar rahbarlari ikkinchi maslahat uchrashuvining samarali natijalari alohida qayd etildi.

    Iqtisodiyot sohasida AQSh yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

    Maykl Pompeo bugungi kunda O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini bir necha o‘n karra oshirish imkonini beradigan biznes tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini ta’kidladi.

    Bundan tashqari, AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini jadallashtirishga har tomonlama ko‘maklashishi ta’kidlandi.

    Inson salohiyatini rivojlantirish, jumladan, fuqarolik jamiyati rivojini qo‘llab-quvvatlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatish, shuningdek, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

    Maykl Pompeo O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikka erishish, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga doir aniq infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

    Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.

    03.02.2020, 21:26   Izoh (0)   22118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshiriladi

    03.02.2020, 21:11

    Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

    03.02.2020, 20:27

    Shuhratbek Abdurahmonov: Andijon qizlarini birortasi xafa qilsa, jonini olaman

    03.02.2020, 20:11

    O‘zbekistonda 4-fevral kuni havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

    03.02.2020, 19:55

    AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 mln dollar ajratadi

    03.02.2020, 19:24

    Qozog‘istonda 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus -20 daraja sovuqda qolib ketdi (video)

    03.02.2020, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.