Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Sergeli tumanida bir erkak boshqa bir erkak tomonidan kaltaklanayotgani, atrofdagi fuqarolar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea 17-yanvardan 18-yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 23:55 da sodir bo‘lgan va bu haqda soat 00:15 da 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berilgan.
Tan jarohati olgan fuqaro 40 yoshli Z.X. ekanligi aniqlangan. Unga tan jarohati yetkazgan fuqaro va janjaldagi boshqa ishtirokchilarning shaxsi aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)