• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston gaz-zapravkalari sutkasiga yana 24 soatdan ishlay boshladi. Lekin bu xursandchilik uzoq davom etmasligi mumkin

    O‘zbekistonda magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimini ta’minlash maqsadida mamlakatdagi barcha gaz-zapravkalarning ish vaqti tong soat 05:00 dan tush soat 15:00 gacha qilib belgilangan edi. So‘nggi bir hafta davomida havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari asta-sekin cheklovsiz ishlay boshlagan.

    Viloyatlardagi ahvol

    “Daryo” muxbirining xabar berishicha, Andijon viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalari 24 soat davomida ishlash tartibiga o‘tgan, shu bois navbatlar ham kamaygan. Shoxobchalarda ishlayotgan xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, “gaz bosimi ham avvalgi kunlarga nisbatan yaxshi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hududgaz Andijon” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, ob-havoning iliqlashishi munosabati bilan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetarli miqdorda gaz yetkazib berilmoqda, ta’minotda qiyinchiliklar kuzatilmayapti. Shu bois gaz-zapravkalarga ham yetarlicha gaz berish imkoniyati paydo bo‘lgan.

    “Biroq 24 soatli ish tartibiga o‘tish bo‘yicha hech qanday gap yo‘q. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Qishning o‘rtasidamiz. Birdan kunlar sovib ketsa, gaz birinchi navbatda aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga beriladi, undan keyin gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar asosida taqsimlanadi”, — dedi “Hududgaz Andijon” matbuot xizmati vakili Akmaljon Xoliqov.

    Qahraton ayni avjiga chiqib, gaz ta’minotida jiddiy qiyinchliklar yuzaga kelgan vaqtda gaz-zapravkalar bilan bog‘liq aksariyat noxush xabarlar aynan Namangan viloyatidan kelgan edi. Xususan, gaz uchun navbatda turgan keksa haydovchi vafot etgani, navbatda turgan Damas yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

    Viloyat hokimligi matbuot xizmatining “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori birinchi o‘rinbosari O‘tkirbek Mamadaliyevga asoslanib xabar berishicha, havo haroratining ko‘tarilishi va magistral gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi me’yorga keltirilgani bois viloyat gaz-zapravkalarining ish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilingan.

    Qayd etish joiz, Namangan viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari havo haroratining keskin sovishi sababli 2020-yil noyabridan beri vaqtinchalik cheklovlar bilan ishlayotgan edi.

    Farg‘ona viloyatidagi gaz-zapravkalarda ham “navbatlar umuman yo‘q”, haydovchilar avtomobillariga ortiqcha qiyinchiliksiz, “o‘n daqiqaga qolmay” gaz to‘ldirib chiqmoqda, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    “Hududgaz Buxoro” kompaniyasi rahbari O‘ktam Abdiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalari 14-yanvardan boshlab 24 soat uzluksiz ishlash tartibiga qaytgan.

    Qashqadaryodagi “zapravkalarda ham bemalolchilik”, cheklovlarsiz ishlamoqda, deya ma’lum qildi “Daryo” muxbiri.

    Energetika vazirligi bayonoti

    Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ob-havoning mo‘’tadillashgani sababli 18-yanvardan boshlab, hududlardagi gaz-zapravkalarning ishlash muddati mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda bosqichma-bosqich uzaytirila boshlandi.

    “Agar kunlar sovib, aholi gaz ta’minotida bosim kamayishi kuzatilsa, yana cheklov joriy qilinishi mumkin. Ya’ni, bu chora to‘liq bekor qilinmagan. Faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta’minotiga oid vaziyatga ko‘ra, ayni bir hududga xos tarzda hokimliklar bilan kelishgan holda qaror qabul qilinmoqda. Respublika miqyosida yakuniy qaror hali chiqarilmagan”, — dedi u.

    “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 22-yanvardan O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarib, mamlakat hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlar kirib kelishi kutilmoqda. Xususan, 23-yanvarga o‘tar kechasi havo harorati -10 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

    18.01.2021, 21:19   Izoh (0)   39944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qonun yo‘li bilan to‘xtatishga urinsak, inson huquqlari masalasi o‘rtaga chiqadi” – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida

    18.01.2021, 21:15

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni soxta PZR-test ma’lumotnomalaridan ogohlantirdi

    18.01.2021, 20:13

    Samarqandda bog‘cha bolalarining kaltaklanishi yuzasidan prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

    18.01.2021, 19:41

    O‘zbekistonda 2020-yilgi o‘lim statistikasi e’lon qilindi. Pandemiya yilida 20 ming “ortiqcha o‘lim” qayd etilgan

    18.01.2021, 18:02

    O‘zbekistonda hafta oxirlariga borib havo keskin sovib, qor yog‘adi

    18.01.2021, 17:24

    O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    18.01.2021, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.