Italiyaning “Inter” futbol klubi rebrending amalga oshirmoqchi.
Sky Sport Italia nashrining xabar qilishicha, klub o‘z nomi va logotipini o‘zgartirmoqchi. “Inter” buni klubning 113 yilligi nishonlanadigan sana — 9-mart kuni e’lon qilishi kutilmoqda.
Milanliklar “Internatsionale” nomidan voz kechadi va uning yangi nomi “Inter Milan” bo‘ladi.
Shuningdek, klub logotipi minimallashtiriladi, yangi ramzning asosi “I” va “M” harflaridan iborat bo‘ladi.
Qayd etilishicha, klub prezidenti Stiven Chjan va direktorlar kengashi kelasi haftada bu qarorni rasmiylashtiradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)