Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni Nodira Jumaniyozova 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston antidoping agentligi xabar qilmoqda.
Nodira Jumaniyozovaning 2019-yilda Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatidan keyin topshirgan testi tahlillari asosida sportchida taqiqlangan modda (metasteron) borligi aniqlangan. O‘sha musobaqada o‘zbekistonlik sportchi karate kumite yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Xalqaro karate federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jumaniyozova 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Diskvalifikatsiya muddati 2023-yilning 26-avgustiga qadar davom etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)