Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi finali doirasida “Barselona” “Atletik B”ga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida yutqazdi.
Uchrashuvning 120-daqiqasida katalonlar hujumchisi Leo Messi maydondan chetlatildi. Bellashuv hakami Xesus Xil Mansano argentinalik hujumchiga raqib forvardi Asyer Vilyalibrening yuziga urganligi sabab qizil kartochka ko‘rsatdi.
Messi “Barselona” safida 753 ta o‘yinda ilk bor qizil kartochka oldi. Qayd etish joiz, hakam Leoni videotakrorlardan so‘ng chetlatdi.
Ma’lumot uchun, Messi bunga qadar Argentina terma jamoasi safida ikki bor qizil kartochka olgan.
“Barselona”—“Atletik B” uchrashuvi sharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)