Professional boksning og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) va Dillian Uayt (26-2, 18 KO) o‘rtasidagi revansh jangi 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Matchroom Boxing ma’lum qildi. Bokschilar jangga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Avvaliga ushbu bokschilar o‘rtasidagi revansh 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi. Biroq Povetkinda koronavirus aniqlangach, bellashuv qoldirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Povetkin 23-avgustda Uaytga qarshi jang olib borgan va beshinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)