Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) va yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda BoxingScene xabar qildi.
Avvalroq rossiyalik bokschining qon tahlillaridan taqiqlangan modda (sintetik testosteron) topilgani ma’lum bo‘lgandi. Biroq Kovalyov jamoasi bu natijalardan norozi va VADA’dan qayta test olishni talab qilmoqda.
Meliqo‘ziyev nima bo‘lgan taqdirda ham jangga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonlik bokschi bilan hamkorlik qiladigan Golden Boy kompaniyasi Bektemirga 2021-yilda boshqa munosib jang tashkil qilib berishga va’da bergan. BoxingScene xabariga ko‘ra, Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini 13-fevral kuni o‘tkazishi mumkin.
Kovalyov va Meliqo‘ziyev o‘rtasidagi jang 30-yanvar kuniga belgilangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)