Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Toshkentning sobiq hokimi, Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Rahmonbek Usmonov 1960-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982-yili Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
U 2011–2012-yillarda Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi, 2012–2018-yillarda esa Toshkent shahri hokimi lavozimida ishlagan.
Bundan tashqari, hokim 2018-yil apreldan oktabrgacha O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari, 2018-yil oktabridan Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi sifatida ishlagan.
Avvalroq O‘zbekiston qurilish vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar, Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)