Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov egallab turgan lavozimidan olindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligiga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.
Ma’lumot uchun, Qahramon Hakimov 2019-yilda Nurafshon hokimi etib tayinlangan edi.
U 1971-yil 15-iyunda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018-yilda “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari ishdan olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)