• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu yerda korrupsion sxema bo‘lgan”. Qurilish vaziri Jizzaxda qulagan ko‘p qavatli bino haqida

    Jizzax shahridagi ko‘p qavatli binolardan birining qulashi holati yuzasidan obyekt hujjatlari uch marta o‘rganilganda ular uch xil chiqqan. Bu haqda 14-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida qurilish vaziri Botir Zokirov so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Tadbirda qurilish vaziri voqea yuzasidan munosabat bildirarkan, u yerda korrupsion sxema bo‘lganligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu bo‘yicha menga ham alohida ma’lumot kirgan. Administratsiyadan ham shu masala bo‘yicha oydinlik kiritildi — u yerda korrupsion sxema bo‘lgan. Kimningdir hokimlikka qanaqadir yaqinligi bor yoki tizimda tanish-bilishi bor, bugun uning nomiga olinadi, qurilish boshlangandek bo‘ladi va umuman boshqa odamlar ishlaydi. Shuning uchun hujjatni uch marta aniqlashtirishganda uch xil chiqyapti. Unaqa bo‘lishi kerak emas. Bu korrupsion sxema-da, masala shu. Hozir qidiradigan bo‘lsangiz, birorta egasi chiqmaydi va mingta bahona qilishadi. Bu korrupsion sxema.

    Bir xil odamlar biznes qilyapti, uning tanish-bilishi bor, u bemalol kiradi, joyni oladi, tushunyapsizmi? Keyin hali qurilish tugamasidan sotadi. Hamma hujjat chala-chulpa bo‘ladi. Bu yerda korrupsion sxema bo‘lgani uchun tadbirkorlar nima xohlasa, qilyapti. Biz shuning oldini olishimiz kerak.

    Yana bitta narsa, administratsiyaga bergan ma’lumotda ham Jizzaxdan tashqari, boshqa aholi yashash punktlarida ham xuddi shunday sxema bo‘layotgani to‘g‘risida aytib o‘tilgan. Hozir o‘tirib qanday korrupsiya ekanligini muhokama qilishga menda vakolat yo‘q. Obyektning buyurtmachisi, texnik va loyiha mualliflik nazorati hamda pudratchisi bo‘lishi kerak. Ularda buning bittasi, hatto buyurtmachining o‘zi ham yo‘q”, — dedi Botir Zokirov.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. FVV va Bosh prokuraturaning qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar bo‘lmagan. Ma’lum qilinishicha, qulab tushgan bino yonidagi 6 qavatli inshootning ham poydevorlarida cho‘kish alomatlari kuzatilgan bo‘lib, hozirda u xavfli holatda turibdi. Halokatni o‘rganish maqsadida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshliq hukumat komissiyasi tuzilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mavzuga doir: “Eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan”. Jizzaxdagi ko‘p qavatli binoning qulashi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

    14.01.2021, 20:42   Izoh (0)   35282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nurafshon hokimi lavozimidan ozod etildi

    14.01.2021, 20:14

    O‘zbekiston qurilish vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

    14.01.2021, 19:42

    Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga orden va medallarni topshirdi

    14.01.2021, 19:17

    “Ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar va eksklyuziv huquqlarni qisqartirishimiz kerak” — MQKQ rahbari

    14.01.2021, 17:56

    “Bu kutilmaganda sodir bo‘ldi, biroq hali nuqta qo‘yilgani yo‘q”. Roman Sayfulin Compass va Samarqand Darvoza’dagi Makro va Carrefour haqida

    14.01.2021, 16:40

    Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektorligiga tayinlandi

    14.01.2021, 15:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.