Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 17-turida “Chelsi” 3-yanvar, yakshanba kuni “Manchester Siti”ni qabul qildi.
Uchrashuv maydon egalarining hujumlari ostida boshlangan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib “shaharliklar” hisobni ochdi. 18-daqiqada Ilkay Gundo‘g‘an jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi. Oradan uch daqiqa o‘tib Fil Foden jamoasining ikkinchi golini urdi. 34-daqiqaga kelib Kevin de Bryuyne hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda ham Pep Gvardiola shogirdlari vaziyatni nazorat qildi va raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Londonliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtga kelib javob golini urishga erishdi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 29 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Chelsi” (26) esa 7-pog‘onaga tushib ketdi.
Yana bir uchrashuv “Nyukasl” va “Lester” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “tulkilar” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
APL
17-tur bahslari
3-yanvar, yakshanba
“Chelsi” — “Manchester Siti” 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Gyundogan, 0:2 – 21 Foden, 0:3 – 34 de Bryuyne, 1:3 – 90+2 Hadson-Odoi.“Chelsi”: Mendi, Zuma, Aspilikueta, Tiago Silva, Chiluell, Maunt, Kovachich (Haverts, 77), Ziyosh (Hadson-Odoi, 64), Kante (Gilmor, 64), Pulishich, Verner.
“Manchester Siti”: Steffen, Ruben Diash, Stounz, Joau Kanselu, Zinchenko, de Bryuyne (Aguero, 86), Foden (Mahrez, 86), Rodri, Gundo‘g‘an (Fernandinyo, 75), Sterling, Bernardu Silva.
Ogohlantirishlar: Pulishich (45), Kante (53), Kovachich (71), Bernardu Silva (90).
“Nyukasl” — “Lester” 1:2
Gollar: 0:1 – 55 Meddison, 0:2 – 72 Tilemans, 1:2 – 82 Kerroll.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)