• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto)

    2020-yil dunyodagi barcha sohalar uchun sinovli keldi, deyish mumkin. Shu qatori o‘zbek san’ati uchun ham. Joriy yilda o‘zbek san’atining ko‘plab vakillari, ustoz san’atkorlar turli xastaliklar oqibatida yorug‘ olamni tark etdi.

    Aida Yunusova

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 21-yanvar kuni 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. U “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” filmlarida suratga tushgan. Aktrisa o‘limidan avval og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi.

    G‘aybulla Hojiyev

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 26-fevral kuni uyqusida vafot etdi. 64 yoshida olamdan ko‘z yumgan ijodkor undan avval og‘ir xastalik sabab teatrdan ketishga majbur bo‘lgandi.

    U “Sarbadorlar”, “Sohibqiron”, “Mehrobdan chayon”, “Afandining besh xotini”, “Piri koinot”, “Qirol Lir” va “Yetti faryod” kabi o‘nlab spektakllarda rang-barang rollarni ijro etgandi.

    Azim Suyun

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun 9-mart kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi.

    U G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarida, “Guliston” jurnalida faoliyat yuritgan.

    Oybarchin Bakirova

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 20-mart kuni 70 yoshida olamdan o‘tdi.

    Aktrisa o‘z faoliyatini 1971-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlagan. U ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Yettinchi jin”, “Tangalik bolalar”, “Vodillik kelin”, “Armon”, “O‘yin” va “Farzandim” kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Bundan tashqari, u o‘zbek dublyaj san’atining yetuk namoyondalaridan biri edi.

    Nozim Abbosov

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    Kinorejissor Nozim Abbosov 21-mart kuni 58 yoshida olamdan o‘tdi.

    Nozim Abbosov 1962-yilda taniqli rejissor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini 1984-yilda postanovkachi rassom sifatida boshlagan.

    U rejissor sifatida “Fellini”, “Oydinoy”, “Abadiyat charxi”, “Dilor, Dilor... dil va or”, “Said va Saida” kabi filmlarni suratga olgan.

    Anvar Obidjon

    Foto: “Fayzbog‘.uz”

    Foto: “Fayzbog‘.uz”

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni 73 yoshida vafot etdi.

    U bolalar adabiyotiga dastlab “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1984) to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib kelgan. Uning “Masxaraboz bola” (1980), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983), “Ey, yorug‘ dunyo” (1983), “Ketmagil” (1985), “Bezgakshamol” (1985), “Juda qiziq voqea” (1987), “Oltin yurakli avtobola” (1988), “Dahshatli Meshpolvon” (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etilgan. Keyingi yillarda “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Ramazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri” (1996), “To‘tiqush”, “Topsang hay-hay…” kabi qissa, pesa va she’r, dostonlarini ham e’lon qilingan.

    Hoshim Arslonov

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov esa 29-may kuni 64 yoshida olamdan o‘tdi. Faoliyati davomida turli spektakllar, film va seriallarda turli rollarni ijro etgan. “Uyg‘onish”, “Marg‘iyona”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Alpomish”, “Chavandoz”, “So‘zsiz sevgi”, “Dinozavr qoldirgan iz” va “101 reys” kabilar shular jumlasidandir.

    Abdurayim Abduvahobov

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 14-iyul kuni 57 yoshida vafot etdi.

    U “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrat”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Shaytanat”, “Nazira” kabi film va seriallardagi hamda o‘nlab spektakllardagi ajoyib rollari bilan tomoshabinlar xotirasida muhrlanib qoldi.

    Dilbar Ikromova

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni o‘tkir pnevmoniya oqibatida 73 yoshida vafot etdi.

    U  “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chimildiq”, “Dev bilan pakana”, “Devona”, “Afg‘on”, “Oyqiz ertagi” kabi juda ko‘plab filmlarda turli rollarni mahorat bilan ijro etgandi.

    Mahmudjon Tojiboyev

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 11-iyul kuni 63 yoshida vafot etdi. U shoirnafas hofiz sifatida ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg‘u mutanosibligi bilan ajralib turgan. Marhum ijodkor Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrollarda bo‘lgan.

    Anvar Kenjayev

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev 18-iyul kuni olamdan o‘tdi. Aktyor faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Ada emas, dada”, “Oydinoy”, “Suv yoqalab”, “Yo‘qolgan odam” kabi filmlarda rollar ijro etgan.

    Shukrullo

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 19-iyul kuni 99 yoshida vafot etdi.

    Uning “Chollar” (1948), “Rossiya” (1956), “Ikki qoya” (1964), “26 tong otari” (1966), “Gul va otash” (1972), “Ko‘ngil chirog‘i” (1975), “Asr bahsi” (1985) kabi dostonlari, “Bahor sovg‘asi” (1962), “Yulduzlar” (1964) kabi she’riy to‘plamlari, “Xatarli yo‘l” (1962), “Tabassum o‘g‘rilari” (1964), “To‘ydan keyin tomosha” (1980), “O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1982) kabi esselari kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan.

    Ruslan Sharipov

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Ruslan Sharipov 28-iyul kuni 54 yoshida insult oqibatida vafot etdi.

    Uning ijrosidagi “Yayra, O‘zbekiston”, “Salom, Navro‘z”, “Hayot”, “Otajonim”, “Go‘zal yor”, “Tog‘da o‘sgan qiz” kabi ko‘plab qo‘shiqlar muxlislar qalbidan joy olgan. Yulduz Usmonova bilan bir nechta duet qo‘shiq kuylagan.

    Fathulla Ma’sudov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov 30-avgust kuni vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi.

    U 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

    Shuhrat Qayumov

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 22-sentabr kuni 51 yoshida olamdan o‘tdi.

    Shuhrat Qayumov uzoq yillar “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlagan.

    Omon Matjon

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Omon Matjon 29-oktabrga o‘tar kechasi 77 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.

    Omon Matjon 1943-yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1969—2002-yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan.

    Shoirning eng yaxshi she’rlari 20 ga yaqin she’riy to‘plamga jamlangan, shuningdek, “To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop etilgan. Omon Matjon ijodida “Cho‘ldagilar” doston xronikasi, “Gaplashadigan vaqtlar” she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Shoirning 2000-yili “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Ardaxiva” asari chop etilgan.

    Omon Matjon qardosh va chet el adabiyotidan ko‘plab namunalarni o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan. Xususan, Fridrix Shiller, Sharl Bodler kabi jahon klassiklari, Yevgeniy Yevtushenko, Rasul Hamzatov, Shandor Petefi, Yustinas Marsinkyavichyus, Berdi Kerboboyev, Suhrob Tohir, Ibroyim Yusupov singari shoir va adiblar ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiq.

    O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon o‘zbek adabiyotning rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Omon Matjon qalamiga mansub “Umr o‘tar, vaqt o‘tar” she’ri ko‘plab xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan va xalq orasida mashhurlikka erishgan.

    Klara Jalilova

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 20-noyabr kuni 83 yoshida olamdan o‘tdi.

    Aktrisa “Maftuningman”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chinor tagidagi duel”, “Temir xotin”, “Temir erkak”, “Niqob” kabi filmlarda o‘zga xos rollarni ijro etgan.  Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi roli o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan.

    Saidkarim Saidoripov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shum bola” filmida Omon rolini ijro etgan aktyor Saidkarim Saidoripov 57 yoshida qandli diabet xastaligidan vafot  etdi. U 1975-yili “Shum bola” filmining kastingida ishtirok etib, bosh rolga tasdiqlangan. Birozdan keyin rejissor Damir Salimov unga Omon roli ishonib topshirgan. Yosh ijodkor bir necha yildan so‘ng Shuhrat Abbosovning “Olovli yo‘llar” filmida ham suratga tushgan. Ammo ota-onasining qarshiligi sabab san’atni tark etishga qaror qilgan.

    31.12.2020, 10:54   Izoh (0)   126019
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afsuski, keyingi paytlarda ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchramoqda — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 13:24

    Toshkentda yangi Milliy akademik drama teatri quriladi, Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi — Shavkat Mirziyoyev

    29.12.2020, 13:22

    “Qornim och holda konsert berardim”. Hamdam Sobirov hamma “yulduz”lar ham boy emasligi haqida gapirdi (video)

    26.12.2020, 13:41

    Jahongir Otajonov Turkiya prezidenti unga o‘g‘lining omonat gapini yetkazganini ma’lum qildi

    25.12.2020, 16:37

    Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar

    24.12.2020, 21:59

    Rumiy va Tabriziy uchrashgan joy, masjid hamda dunyoda oshpazlarga atab qurilgan ilk maqbara (foto)

    22.12.2020, 23:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.