Daryo

Kinorejissor Nozim Abbosov vafot etdi

U rejissor sifatida “Fellini”, “Oydinoy”, “Abadiyat charxi”, “Dilor, Dilor... dil va or”, “Said va Saida” kabi filmlarni suratga olgan

1 daqiqa o‘qish181 994 ko‘rishlar0 izoh0

Kinorejissor Nozim Abbosov 21-mart kuni 58 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

Nozim Abbosov (o‘ngda) otasi, taniqli rejissor Shuhrat Abbosov bilan.Foto: “O‘zbekkino”

Nozim Abbosov 1962-yilda taniqli rejissor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini 1984-yilda postanovkachi rassom sifatida boshlagan.

U rejissor sifatida “Fellini”, “Oydinoy”, “Abadiyat charxi”, “Dilor, Dilor... dil va or”, “Said va Saida” kabi filmlarni suratga olgan.

Ma’lumot uchun, Nozim Abbosovning otasi Shuhrat Abbosov 2018-yil 25-aprel kuni vafot etgan edi.

Avvalroq, 20-mart kuni taniqli aktrisa, o‘zbek dublyaj ustalaridan biri, xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar