“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand dunyoning eng kuchli himoyachilarini sanab o‘tdi.
“Men ko‘plab kuchli himoyachilarga qarshi to‘p surganman. Jahon futbolidagi uch nafar eng yaxshi himoyachi sifatida Serxio Ramos, Virjil van Deyk va Kalidu Kulibalini ayta olaman.
Ularning barchasi kuchli va aqlli himoyachi”, — deydi norvegiyalik futbolchi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 8 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va 2 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. U ayni damda jarohatini tiklash bilan band.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)