Angliya Premyer Ligasining 16-turidan o‘rin olgan “Everton” — “Manchester Siti” uchrashuvi belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tmaydi.
“Shaharliklar” rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, jamoada bir qator koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Ikki klub o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tgan va Premyer Liganing tavsiyalariga ko‘ra, uchrashuvni qoldirish qaroriga kelingan.
Koronavirus testi ijobiy chiqqan barcha karantinga yuborilgan. “Manchester Siti” bazasi esa noma’lum muddatga yopilgan. Qo‘shimcha testlardan so‘ng mashg‘ulotlar qachon davom ettirilishiga oydinlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, 25-dekabr kuni “Manchester Siti” jamoa hujumchisi Gabriel Jezus, himoyachi Kayl Uoker hamda klubning yana ikki xodimida infeksiya aniqlangandi.
Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 28-dekabrdan 29-dekabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)