• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bartomeuning yolg‘onlari, Maradonaning o‘limi, klubdan ketmoqchi bo‘lgani va 8:2 haqida. Lionel Messi bilan katta intervyu

    Lionel Messi kamdan kam hollarda intervyu beradi, ammo 2020-yil yakunida “Barselona” yulduzi ko‘plab mojaro va savollarga oydinlik kiritish maqsadida Ispaniyaning La Sexta nashriga intervyu berishga qaror qildi. Leo intervyuda yilning barcha asosiy mavzulari, xususan, klubdan ketmoqchi bo‘lgani, Bartomeuning yolg‘onlari, Grizmann va Neymar bilan qanday munosabatdaligi hamda kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. “Daryo” quyida ushbu intervyuni o‘quvchilarga o‘zbek tilida havola etadi.

    “Barselona” va u yerdagi hayotidan mamnun ekani haqida

    “Doimo “Barselona” mening hayotim ekanini aytib kelganman. Men 13 yoshimdan shu yerda yashayman. Ko‘chish qiyin kechgan: hayotim butunlay o‘zgardi, hamma narsani o‘z vatanimga tashlab kelgandim. Va meni hech kim tanimaydigan joyga ko‘chib o‘tganman. O‘sha paytda juda tortinchoq edim, faqat orzumni amalga oshirish haqida o‘ylardim.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Men ham klub, ham shaharda katta bo‘ldim. Vatanim Argentinaga qaraganda, Barselonada uzoqroq yashaganman. Bu yerda hamma narsani o‘rgandim, klub meni futbolchi va inson sifatida tarbiyaladi. “Barsa” menga hamma narsani berdi, men ham doimo “Barselona” uchun borimni berganman.

    Oramizda muhabbat bor, chunki men bu bilan shu yerga kelganimdan beri yashayman Shahar, klub va “Barselona” bilan bog‘liq barcha narsalarga muhabbatimni his qilaman. Farzandlarim ham shu yerda tug‘ilgan”.

    Ayni damda Messi o‘z hayotini biroz zerikarli deb hisoblaydi: “Uyg‘onaman, nonushta qilaman, bolalarni maktabga olib boraman, mashq qilaman va uyga qaytaman”. Argentinalikning aytishicha, ilgari u PlayStation o‘ynab turgan, ammo hozir bundan voz kechgan.

    2020-yilning yozi: 2:8, “Barsa”dan ketmoqchi bo‘lgani va byurofaks haqida

    O‘tgan mavsumning oxiri Messi uchun juda og‘ir kechdi. Intervyuda Lionel Chempionlar Ligasidagi dahshatdan ancha oldinroq ketishni xohlaganini aytdi – u bungacha yarim yil davomida Bartomeudan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ragan.

    “Men klubdagi vazifam tugaganini his qildim. Bolalarim Barselonadan ketishni xohlamadi, ammo men buni faoliyatim uchun to‘g‘ri qaror deb o‘yladim. Nazarimda, klubga qo‘limdan kelgan barcha narsani berganman”.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Bavariya”dan qabul qilingan mag‘lubiyat esa Lionelni ushbu qarori to‘g‘riligiga yanada ishontirdi. Messiga hatto ruhshunosga murojaat qilish tavsiya qilindi, lekin u buni xohlamadi:

    “Bilmayman. Garchi menga ruhshunos kerakligini tushunsam-da, buni qilishim qiyin. Antonella (rafiqasi) ko‘p marta mendan buni so‘radi, bu zarurat edi.

    Men hamma narsani ichida saqlaydigan odamman va ichki kechinmalarimni hech kim bilan bo‘lishmayman. Bu menga foyda bo‘lishini bilsam-da, lekin ruhshunos qabuliga bormayman”.

    YChL chorak finalidagi mag‘lubiyat argentinalik Messini chuqur qayg‘uga soldi:

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “2:8 hisobida yutqazish har doim barcha uchun juda og‘ir. Mag‘lubiyatimiz va qanday o‘yin ko‘rsatganimizni hisobga olsak, bu yana-da og‘ir edi. To‘g‘ri, hamma yutqazishi mumkin, men ham ko‘p marotaba mag‘lub bo‘lganman, buni qabul qilishingiz va oldinga yurishda davom etishingiz kerak. Ammo qanday o‘ynaganimizni ko‘rib, bunga chidash juda qiyin”.

    Natijada Leo bunga bardosh bera olmadi va klubga byurofaks yubordi:

    “Bu prezident bilan 6 oy davomida muzokara olib borganimni rasmiy ravishda e’lon qilishning bir usuli edi. Hamma bilishi uchun niyatlarimning jiddiyligini ko‘rsatdim. Agar kerak bo‘lsa, buni yana qilishim mumkin.

    Agar o‘tgan yozda bepul ketmoqchi bo‘lganimda, sudga murojaat qilib, ishni yutib chiqardim. Bu haqida menga ko‘plab advokatlar aytdi. Biroq shunchaki bu tarzda ketishni xohlamadim”.

    “To‘g‘ri, men yoz davomida va hatto yozgacha ham juda yomon ahvolda edim, chunki mavsum qanday yakun topgani menga tinchlik bermasdi. Keyin nima bo‘lgan bo‘lsa ham, barchasi ortda qoldi. Ushbu mavsum boshida ham holatim yaxshi emasdi, ammo bugun o‘zimni yaxshi his qilyapman va barcha sovrinlar uchun kurashishni xohlayman. Klub juda qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bu qiyin, lekin men sabrsizlik bilan kelajakni kutmoqdaman”.

    Bartomeuning aldagani haqida

    Suhbatning asosiy mavzularidan biri klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu bilan bo‘lgan munosabatlar edi.

    “U so‘raganimda ketishimga yo‘l qo‘ymadi, garchi men bu haqida olti oy davomida gapirgan bo‘lsam ham. Undan yordam berishini va tushunishini so‘radim, biroq u bunga yo‘q deb javob berdi. Bartomeu meni yomon odamga o‘xshatish uchun ko‘plab mish-mishlarni ham tarqatdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    U meni juda ko‘p aldagan. Klubning ichida ro‘y bergan alohida holatlar haqida gapirishni yoqtirmaganim bois ularni ommaga oshkor qilmayman. Nimalar deyilgani va va’da qilinganini aytmayman, biroq sizni ishontirib aytamanki, Bartomeu bir necha yil davomida juda ko‘p marta yolg‘on gapirdi”.

    “Barselona” rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda futbolchi haqida negativ kayfiyat yaratishga uringani haqida

    Messining aytishicha, o‘sha paytda klubda bundan ham muhimroq narsalar sodir bo‘lgan, shuning uchun u bu voqeaga ahamiyat bermagan.

    Nima bo‘lganda ham Bartomeu endi klubni boshqarmaydi. Yangi prezident saylovi esa yanvar oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.

    “Men biron bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamoqchi emasman va ularning hech biri menga hali qo‘ng‘iroq qilmadi. Bo‘lajak saylovlarda umuman ovoz berishga ham ishonchim komil emas. Kim kelsa ham, klub og‘ir ahvolda – “Barselona”ni yuqori darajaga qaytarish uchun ko‘p mehnat talab etiladi.

    Klub qiyin moliyaviy ahvolda: hamma narsani to‘g‘rilash va muvozanatga erishish uchun oqilona qarorlar qabul qilish zarur. Yangi futbolchilarni taklif qilish esa qiyin – pul yo‘q”.

    Suares, Neymar va Grizmann bilan munosabatlari haqida

    Klubning Luis Suares bilan qanday yo‘l tutgani Leoni juda qattiq g‘azablantirdi.

    “Meni rahbariyatning Luis Suares bilan qanday muomala qilgani aqldan ozdirdi. Ular biz bilan bir xil maqsadlarga ega bo‘lgan jamoaga uni bepul berib yubordi. Nafaqat uning ketgani, balki qay tarzda ketganini qabul qilish juda og‘ir kechdi”.

    Foto: FootBoom

    Foto: FootBoom

    Messi ham Suares, ham Neymar bilan munosabatlarini saqlab qolganini aytdi – trioning umumiy chati bor va ular muntazam ravishda xabar almashib turadi. Ammo Neymarni “Barsa”da kutishdan ma’ni yo‘q – klubning moliyaviy muammolari bunga imkon bermaydi.

    — U biz birga o‘ynaymiz deb aytmadi, shunchaki o‘ynashni istashi haqida gapirdi ... To‘g‘rimi?

    Messi haqidagi suhbatlarda ismi tez-tez tilga olinadigan yana bir futbolchi bor – Antuan Grizmann. Emishki, fransuz katalon klubining dastlabki taklifini rad etib, “Atletiko”da qolishga qaror qilganida, Lionel bu voqeadan g‘azablangan, shundan so‘ng Messi Grizmanning transferiga qarshi chiqqan va ular hozir ham bir-biri bilan kelishmaydi. Avvalroq buni Antuanning o‘zi, endi esa Leo rad etdi.

    “Bizning munosabatlarimiz yaxshi, ba’zida birgalikda kiyinish xonasi yoki yo‘lda mate (Lotin Amerikasida yetishtiriladigan choy) ichamiz. Hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Men uning “Barselona”ga kelishini istamaganimni yozishadi, bu yolg‘on. O‘rtamizda muammo yo‘q”.

    Maradonaning vafot etganiga ishonmagani haqida

    “O‘sha paytda uyda edim. Bu haqida otam yozdi, yangiliklarni ko‘rib, hamma narsani tushundim. Diyegoning kasal ekanligini bilgan bo‘lsak-da, lekin uning o‘limini hech kim kutmagan va ishonmagandi”.

    Leo keyingi uchrashuvdagi golini aynan Diyegoning xotirasiga bag‘ishladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Ushbu futbolkani menga “Nyuells Old Boys”dan kimdir sovg‘a qilgandi, men uni saqlab kelayotgandim, shunda buni kiyishning vaqti keldi deb o‘yladim. Gol urishim kerakligini his qilardim. Hammasi kutilmaganda sodir bo‘ldi, yo‘q joydan”.

    Faoliyatidagi eng yaxshi murabbiylar haqida

    “Pep Gvardiolaning o‘ziga xos xususiyatlari bor. U sizga hech kim ko‘ra olmaydigan narsalarni namoyish eta oladi. Uchrashuvlarga himoya va hujumni zo‘r tayyorlaydi. Menga eng yaxshi murabbiylar Pep Gvardiola va Luis Enrike bilan birga ishlash nasib etgan. Ular tufayli futbol va taktikani yaxshiroq tushunganman”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shuningdek, Leo Pep bilan gaplashib turishini ham aytdi. Ammo ular Messining “Manchester Siti”ga o‘tishi yoki Pepning “Barsa”ga qaytishi haqida suhbatlashmaydi.

    Bundan tashqari, Lionel Ronald Kumanning ishini ham qayd etib o‘tdi: “U jamoadagi vaziyatga to‘g‘ri baho berib, yaxshi ishlamoqda. Hozir juda murakkab vaziyat. Jamoada futbolchi ko‘p, biroq vaziyat asta-sekin o‘nglanib bormoqda.

    Yozgacha jamoadan ketish haqida o‘ylamasligi, MLS’da o‘ynashni orzu qilishi va “Barsa”ning sport direktori bo‘lmoqchiligi haqida

    “Hali hech narsa aniq emas. Mavsum oxirigacha kutaman va iyun oyida qaror qilaman. Asosiysi, jamoa haqida o‘ylash, mavsumni yakunlash, sovrinlarni yutib olishga harakat qilish va begona narsalarga chalg‘imaslik. Xavi kelsa qolamanmi? Bilmadim, ko‘ramiz, iyun oyida nima bo‘lar ekan”.

    Shuningdek, Messi hech qachon “Real” yoki “Atletiko”ga o‘tmasligini, ammo MLS haqida o‘ylayotganini qo‘shimcha qildi.

    “Men azaldan boshqa ligada o‘ynashni orzu qilardim. Masalan, AQShda. Ehtimol, qachondir bu sodir bo‘lar ham. Biroq hozir bo‘lishi shart emas. Ayni damda mening barcha fikrlarim oldindagi 6 oyga qaratilgan”.

    Bundan tashqari, u faoliyatini yakunlaganidan keyin “Barselona”ga qaytishni istashini aytdi.

    “Men o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmayapman. Balki, sport direktorligi menga to‘g‘ri kelar. O‘zim jamoada ko‘rishni istagan yoki klubga kerak deb hisoblagan o‘yinchilarni olib kelish bilan shug‘ullanishim mumkin. Ko‘ramiz”.

    Yangi yil tilagi

    “Barchamizga noqulayliklar olib kelgan ushbu shafqatsiz yilning tezroq tugashini va keyingisida hammasi yaxshi bo‘lishini tilayman”.

    Mavzuga doir: Messiga 33 mln yevro mukofot, Neymar bilan sudlashuv va yangi transferlar uchun mablag‘. “Ko‘k-anorranglilar” ustida qora bulutlar aylanayotgani haqida

    29.12.2020, 15:57   Izoh (0)   16404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: PSJ Tomas Tuxel iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi

    29.12.2020, 15:22

    “Everton” “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinning qoldirilishi sabablarini bilmoqchi va bu borada APLga so‘rov yubordi

    29.12.2020, 15:00

    Lionel Messi va Luis Suares yana bir klubda o‘ynashi mumkin

    29.12.2020, 14:00

    “Chelsi” Joze Mourinyo davridan keyingi eng yomon mavsum startini qayd etdi

    29.12.2020, 12:59

    Erling Holand dunyoning eng kuchli himoyachilarini sanab o‘tdi

    29.12.2020, 12:00

    Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada ming gektarlik o‘rmon hududini sotib oldi

    29.12.2020, 11:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.