“Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Atletiko” forvardi Luis Suares yana bitta klub safida to‘p surishi mumkin, deya xabar qilmoqda Goal.
Messi va Suaresda “Inter Mayami”da birgalikda to‘p surish imkoniyati bor. Biroq bu hodisa 2022-yilning yozidan erta ro‘y berishi ehtimoli kam.
Mayami klubining egalaridan biri “Manchester Yunayted” va “Real” sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem hisoblanadi.
Avvalroq Messi faoliyatini MLS klubida davom ettirish va AQShda istiqomat qilishga qarshi emasligini ma’lum qilgandi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida 18 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Urugvaylik hujumchi esa 2020/21-yilgi mavsum Madrid shahri jamoasida 14 o‘yin o‘tkazdi. Unda Suares 7 gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Atletiko” bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha kuchda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, bu ikki futbolchi 2014—2020-yillar oralig‘ida katalon klubida birga to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)