O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va Professional futbol ligasi (PFL) 26-dekabr kuni 2020-yilgi mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.
Unga ko‘ra “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 2020-yilgi mavsumining eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi.
Gruziyalik mutaxassis ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” bilan Superliga chempionligini qo‘lga kiritish bilan birga O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqdi. OChLda esa chorak finalga qadar yetib bordi.
Shuningdek, ushbu sovringa Mirjalol Qosimov (OKMK) va Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) kabi mutaxassislar ham da’vogar bo‘lgandi.
Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi nomiga “Paxtakor” hujumchisi Jaloliddin Masharipov loyiq ko‘rildi. Masharipov bu borada Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”) va Igor Sergeyevni (“Paxtakor”) ortda qoldirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)