• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘layotganim va bir oylik umrim qolgani haqida yozishdi”. Jennaro Gattuzoga nimalar bo‘lmoqda?

    So‘nggi haftalarda Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoani ko‘zini bog‘lab olgan holda boshqarmoqda. A Seriya 14-turidan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi o‘yindan so‘ng esa italiyalik mutaxassis sog‘lig‘ida muammolar borligini tan olishga jur’at etdi.

    “Menda autoimmun xastalik mavjud, bu ko‘z miasteniyasi, — dedi Gattuzo ko‘zidagi bog‘ichni yechib. — So‘nggi 10 kun ichida men o‘zimda emasdim. Bunday holatda o‘zingizni butunlay tamom bo‘lgandek his qilasiz. Kuniga 24 soat ko‘rish borasidagi muammolar juda charchatadi. Faqat men kabi tentak shu holatda ham ishlashda davom etishi mumkin.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Hozir oynaga qaraganida o‘z kamchiligini ko‘radiganlar, ayniqsa, bolalarga murojaat qilmoqchiman: xavotir olmang, hayot juda go‘zaldir. Va siz uning yuziga qo‘rqmasdan tik qaray olishingiz kerak.

    Garchi buni jamoa o‘yinchilaridan yashirishga harakat qilgan bo‘lsam-da, ular bu holimdan xavotirga tushdi. O‘zim bilan qattiq olishdim. Odamlar meni bunday holatda ko‘rayotganidan ham o‘zimda emasman. Biroq uni qabul qilish kerak, chunki hayotda bundan-da yomonroq vaziyatlar bo‘lishi mumkin.

    Hatto bir oy umrim qolgani haqida mish-mishlarni eshitdim, nima bo‘lgan taqdirda ham hali tirikman va ishonchingiz komil bo‘lsinki, o‘lmayman. Bu xastalik bilan 10 yildan beri yashab kelaman, u menga uchinchi marta hamla qilmoqda va bu safargisi kuchli zarba bo‘ldi. Albatta, hammasi ortda qoladi va men yana o‘z holimga qaytaman. Bunday ko‘rinish o‘zimga ham yoqimsiz tuyilmoqda, biroq bu o‘tib ketadi“.

    Xo‘sh, qanday kasallik o‘zi bu?

    Miasteniya — autoimmun xastalik bo‘lib, unda qovoq mushaklari zaiflashishi, ko‘zoldi tasvirining xiralashishi, talaffuzdagi buzilishlar, chaynov mushaklarining sustlashishi, yutinishning qiyinlashishi, bo‘yinda og‘irlik, qo‘l-oyoqlarning kuchsizlanishi kabi belgilar bilan kechadi.

    Gattuzo 10 yildan beri kasallikdan aziyat chekib keladi

    Rinoda ushbu xastalik 10 yil oldin aniqlangan. U o‘sha vaqtlar futbolchi sifatida “Milan” sharafini himoya qilardi. Ma’lumotlariga ko‘ra Jennaro 2011/2012-yilgi mavsumda aynan optik asab falaji tufayli 309 kunni o‘tkazib yuborgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Chap ko‘zimda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar bor. Shifokorlar hozircha operatsiya qilishni tavsiya etmayapti, bunga ehtiyoj bor yo yo‘qligini aniq aytish uchun olti oy kutish kerak. Ammo yaxshi tomonga o‘zgarish bor. Avvaliga to‘rtta Ibragimovichni ko‘rayotgandim, keyin uchta, hozir esa ko‘zim ularning ikkitasini ko‘rmoqda”, — degandi o‘shanda Jennaro.

    Shifokorlar Gattuzoning qanday kasallikdan aziyat chekayotganini aniqlash uchun uzoq vaqt davomida bosh qotirdi. Faqatgina bir yil o‘tgach aniq tashxis qo‘yildi — ko‘z miasteniyasi.

    Navbatdagi hamla esa Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yin vaqtida ro‘y berdi. Mutaxassis o‘yinni bog‘langan ko‘z bilan yakunladi. Gattuzo matbuot anjumaniga ham kelmadi — kela olmadi.

    Xurujdan keyin kasallikka qarshi kurashish uchun italiyalik o‘ng ko‘ziga himoya ko‘zoynagi va bog‘ich taqishni boshladi. “Torino”ga qarshi o‘yindan so‘ng esa Gattuzo ularni yechib, futbol olamiga qovoqlarining shishib ketganini ko‘rsatdi: yumshoqroq qilib aytganda, ushbu holatda Jennaroni ko‘rkam deyish biroz mushkul edi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Biroz bo‘lsa-da, xursand qiladigan jihat shuki, Rino aniq tushkunlikka tushib qoladigan inson emas. U har doim jangchi bo‘lib kelgan.

    Bardam bo‘l, mister!

    Mavzuga doir: Ronaldu, Messi, Pele, Drogba va Bekhem. Jiddiy kasalliklarni yengib o‘tgan taniqli futbolchilar

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    26.12.2020, 14:01   Izoh (0)   28077
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xamesdan Suaresgacha. 2020-yilning eng yaxshi transferlari aniqlandi

    26.12.2020, 13:00

    Ronaldudan Shirergacha. APL tarixidagi eng yaxshi transferlar e’lon qilindi

    26.12.2020, 12:00

    Fati, Grinvud, Torres. 2020-yilda terma jamoa safida debyut qilgan eng qimmat futbolchilar

    26.12.2020, 11:00

    “Real”ning 19 yoshli futbolchisi Rodrigo jiddiy jarohat oldi

    26.12.2020, 10:00

    “Manchester Siti”ning ikki yetakchisida koronavirus aniqlandi

    26.12.2020, 09:42

    PSJ Tomas Tuxel bilan shartnomani bekor qilish uchun qancha kompensatsiya to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi

    25.12.2020, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35

    Sun’iy intellekt chatbotlari bilan doimiy muloqot psixozni keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 20:20

    “Real Madrid” Vitinyaga qiziqish bildrimoqda

    Sport | 8 avgust, 20:17

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.