“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uoker va hujumchi Gabriel Jezusda koronavirus aniqlandi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchilarning koronavirusga topshirgan testi COVID-19 ga ijobiy xulosa bergan. Shuningdek, klubning ikki xodimida ham virus aniqlangan. Kasallanganlar izolyatsiyaga olingan.
Shu tariqa Jezus va Uoker Premyer Liga doirasidagi “Nyukasl”, “Everton” va “Chelsi”ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi. Futbolchilar 6-yanvar kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi kechadigan Angliya Liga Kubogi yarim finaliga qadar sog‘ayishi taxmin qilinmoqda.
Uoker joriy mavsum “shaharliklar”ning Premyer Ligadagi 11 o‘yinida ishtirok etib, bittadan gol va golli uzatmaga muallif bo‘ldi. Jezus esa yettita o‘yinda ikkita gol va bitta assist amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)