So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Rossiyalik virusologlar koronavirusning yangi shtammi keltirib chiqadigan xavfni ma’lum qildi

    22.12.2020, 06:22 39670

    Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan koronavirusning yangi turi tez tarqalib, tibbiyotga yukni ko‘paytiradi. Bu haqda “RBK” bilan suhbatlashgan virusologlar ma’lum qildi.

    Foto: Blesk.cz

    Foto: Blesk.cz

    Federal va fundamental tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazining yetakchi tadqiqotchisi, virusologiya professori Aleksandr Chepurnovning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlarda, shu jumladan, Rossiyada yangi shtamm paydo bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

    “O‘ylaymanki, baribir u kirib keladi, bizning chegaralarimiz ham yopiq emas. Shuni anglash kerakki, biz hammamiz anchadan beri yengil vahima holatida edik va shuning uchun bunday narsalar, ehtimol, kuchli hissiyot bilan qabul qilinadi. Qanday bo‘lmasin, bu yaxshi narsaga olib kelmaydi, bemorlarning sonini va virus tarqalish tezligini oshiradi”, – dedi Aleksandr Chepurnov.

    Virusologning fikriga ko‘ra, virusning yangi varianti tezroq tarqalishi mumkin bo‘lganligi sababli u asta-sekin asl shtamm o‘rnini bosadi.

    “Hech bo‘lmaganda tarqalish, ko‘payish tezligida afzalliklarga ega bo‘lgan har qanday biologik organizm doim o‘zidan avvalgi kuchsiz turini mag‘lub qiladi”, – deb ta’kidladi Chepurnov.

    Moskva davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori, virusolog Aleksey Agranovskiyning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya bilan bir qator mamlakatlarning havo qatnovini cheklash koronavirusning yangi turini tarqalishining, hech bo‘lmaganda, vaqtincha oldini olish uchun oqilona chora.

    “Albatta, inson o‘jar mavjudot, kimdir sayohat qiladi, ertami-kechmi virus boshqa mamlakatlarga olib kelinadi. Ammo o‘zini himoya qilish mumkin bo‘lsa, bunday choralarni ko‘rish yaxshiroq”, – deydi Agranovskiy.

    Virusologning ta’kidlashicha, ehtimol, yangi shtamm kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilmaydi va o‘lim sonini sezilarli oshirmaydi.

    “Ammo bu yangi odamlarga tezroq yuqadi. Bu shunday tez yuquvchan virus, demak, bu tashvishlanishga arziydi”, – dedi u Aleksey Agranovskiy.

    Agranovskiyning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtamm haqida yetarli ma’lumotga ega emasligiga qaramay, mavjud vaksinalar uni to‘xtata oladi, deb taxmin qilish mumkin.

    “Virusning boshoqsimon oqsili yoki uning bir bo‘lagi vaksinaning faol qismidir, bu vaksina tanaga kiritiladi va bunga javoban antitanalar ishlab chiqariladi. Ular ushbu oqsil tarkibida ko‘p joylarda ishlab chiqariladi. Agar virusning yangi mutatsiyasi paydo bo‘lsa va u tez tarqalsa, ehtimol u bir oz boshqacha boshoqsimon oqsilga ega bo‘ladi. Ammo virus tubdan o‘zgarmaydi, buning ehtimoli juda kam.

    Ehtimol, yangi shtamm uni zararsizlantiradigan va to‘xtatib qoladigan mavjud vaksinalar uchun nishon bo‘ladi. Demak, shu sabab hali umid bor”, – deydi Agranovskiy.

    Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangani, shu tufayli mamlakatning ayrim hududlarida kasallik tarqalish sur’ati tezlashgani haqida 14-dekabr kuni mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ma’lum qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq lekin undan xavfliroq emas.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammi o‘rganmoqda.

    Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi. Virusning yangi varianti hozirgi vaksinalar hosil qiladigan immunitetdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, degan taxminlar uchun hozircha biror bir asos yo‘q. Buyuk Britaniya 8-dekabr kuni G‘arb mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi bilan ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlagan edi.

    Yevropaning bir qator mamlakatlari — Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va Italiya kabilar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qilib ulgurdi. Irlandiya, Fransiya va Germaniya, shuningdek, Isroil ham shunday qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan Buyuk Britaniyadan Yevroittifoqqa parvozlarni 20-dekabr oqshomidan to 2021-yil 6-yanvarigacha muvofiqlashtirilgan holda taqiqlash bo‘yicha kelishishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va JAR o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklanishi, Buyuk Britaniya bilan temiryo‘l va parom aloqasi ham to‘xtatilishi mumkin.

    Shuningdek, Yangi shtamm sabab 20 dan ortiq mamlakat aviaqatnovlarni chekladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda parlamentdagi o‘rinlarning uchdan bir qismi ayollarga ajratiladi

    Bugun, 14:20

    Qurilish materiallari sanoatida xorijning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

    Bugun, 13:31
    Reklama

    Toshkentda yo‘lovchi belgilanmagan joyda to‘xtamagan avtobus haydovchisi bilan janjallashdi

    Bugun, 14:16

    O‘zbekistonda ijaraga olingan ayrim yer uchastkalarini qayta ijaraga berish mumkin bo‘ladi

    Bugun, 13:46

    Katta gonorar taklif qilinishiga qaramay, mashhur filmlarda rol ijro etishni xohlamagan Gollivud yulduzlari (foto)

    Bugun, 13:40

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:10

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Xitoy Taypeyi vakili ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:07

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?