Germaniyaning CureVac farmatsevtika kompaniyasi 22-dekabr kuni koronavirusga qarshi o‘z vaksina sinovining uchinchi bosqichini boshlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Uchinchi bosqich doirasida vaksina Mayns universiteti tibbiyot markazi xodimlarida sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda umumiy hisobda 18 yoshdan oshgan 2,5 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.
CureVac COVID-19 ga qarshi vaksina ustida Paul Erlix nomidagi Vaksina va biotibbiyot dori vositalari instituti (PEI) bilan hamkorlikda ishlamoqda. Vaksinaning o‘zi sinov natijalari muvaffaqiyatli o‘tadigan va qonuniy tasdiqlanadigan bo‘lsa, 2021-yilning uchinchi choragidan so‘ng sotuvga chiqadi.
Germaniya hukumati ushbu vaksina ishlab chiqarilishiga 300 yevro mablag‘ jalb etgan. Yevropa Ittifoqi esa CureVac’dan 405 million doza vaksina buyurtma qilib qo‘ygan. Yevroittifoq oltita G‘arb kompaniyalari bilan jami 2 milliard vaksina dozasi uchun oldindan buyurtma haqida shartnomalar tuzgan, bular AstraZeneca, Sanofi-GSK, Johnson & Johnson, CureVac, Moderna va BioNTech — Pfizer konsernidir.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning CureVac biofarmatsevtik kompaniyasi noyabr oyi boshlarida koronavirusga qarshi vaksina sinovlarining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani va yil oxirigacha yakuniy bosqich tugashini e’lon qilgandi.
Izoh (0)