Daryo

Uilyam Shekspir Britaniyada koronavirusga qarshi emlangan birinchi erkak bo‘ldi (video)

Ayollardan birinchi bo‘lib 90 yoshli Margaret Kinan emlangan

1 daqiqa o‘qish49 752 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Freepik

Buyuk Britaniyada COVID-19’ga qarshi emlanish jarayoni boshlab yuborildi. Bu haqda BBC xabar berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Freepik

Birinchi bo‘lib 90 yoshli Margaret Kinan emlangan. Bir haftadan keyin tug‘ilgan kunini nishonlashi kerak bo‘lgan ayol vaksina u uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘lganini bildirgan.

https://youtu.be/Suhgw6LJp8g

Uorkshir grafligida yashovchi 81 yoshli Uilyam Shekspir esa virusga qarshi emlangan birinchi erkak bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Britaniya tomonidan xarid qilingan Pfizer vaksinasining birinchi partiyasi 800 ming preparatni o‘z ichiga oladi. Har bir odamga ikki doza preparat kerakligi sabab ushbu partiya 400 ming odamni emlashga yetadi.

Umuman olganda mamlakat Pfizer’dan 40 million doza sotib olgan, deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar