• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Men o‘z qotilimga telefon qildim. U tan oldi” — Aleksey Navalniy FXX xodimlari bilan o‘zining zaharlanishi bo‘yicha gaplashgani aks etgan videoni e’lon qildi

    Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy “Men o‘z qotilimga telefon qildim. U tan oldi” nomli videorolikni e’lon qildi. Videoda Navalniyning aytishicha, u o‘zining zaharlanishi ortida Federal xavfsizlik xizmatining guruhi turgani haqidagi surishtiruvni e’lon qilishdan oldin, guruh a’zolaridan biri — Konstantin Kudryavtsev bilan gaplashgan va Kudryavtsev Navalniyni o‘ldirishga harakat qilinganini tasdiqlagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Navalniyning qayd etishicha, qo‘ng‘iroq 14-dekabr kuni ertalab — surishtiruv e’lon qilinishidan bir necha soat avval amalga oshirilgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u “telefon prankerlari foydalanadigan eng oddiy dastur” yordamida o‘z raqamini yashirgan hamda uning o‘rniga FXX xodimlari bir-biriga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradigan kommutator raqamini qo‘ygan. “Hisob-kitob oddiy. Ertalab soat yettida qo‘ng‘iroq, sen tanish xizmat raqamini ko‘rasan, go‘shakni ko‘tarasan va gaplashishni boshlaysan. Men qo‘ng‘iroq qilganlarning deyarli barchasi javob berdi, deyarli barchasi tezda go‘shakni qo‘ydi. Keyin esa bizni katta omad kutib turgandi”, — deya hikoya qildi Navalniy. Siyosatchining aytishicha, u Konstantin Kudryatsev bilan 45 daqiqa gaplashishga muvaffaq bo‘lgan.

    To‘liq matni va audioyozuvi The Insider tomonidan e’lon qilingan suhbatda Navalniy o‘zini Xavfsizlik kengashining kotibi Nikolay Patrushevning yordamchisi deb tanishtirgan hamda rahbariyatga hisobot tayyorlash uchun operatsiyaning ba’zi tafsilotlarini aniqlashtirmoqchi ekanligini aytgan.

    Surishtiruvda ishtirok etgan CNN telekanalining xabar berishicha, dastlab Navalniy telefon so‘zlashuvlarida o‘zini haqiqiy ismi bilan tanishtirgan va faqat Kudryavtsev bilan suhbatda o‘zini Patrushevning yordamchisi sifatida ko‘rsatgan.

    Xususan, Navalniy nima sababdan operatsiya uning o‘limi bilan tugamaganini so‘ragan. Kudryavtsevga tegishliligi Navalniy tomonidan ta’kidlanayotgan ovoz operatsiyani yaxshi rejalashtirilgan deb hisoblashini ma’lum qilgan, uning muvaffaqiyatsizligini esa vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘lagan. Ovozning taxmin qilishicha, muvaffaqiyatsizlik samolyotning Omskka juda tez qo‘ngani hamda aeroportdagi tez yordam guruhining tezkor harakati sababli yuz bergan.

    Shuningdek, Navalniyning suhbatdoshi siyosatchining olib qo‘yilgan kiyimlarini “Novichok”dan qanday tozalaganini aytib bergan. “Kalta ishton (trusik) ustida, ichki qismda ishlashni aytishdi”, — degan telefondagi ovoz. Aniqlashtiruvchi savolga javoban Kudryavtsev bunday ko‘rsatma FXX xodimi Stanislav Makshakov tomonidan berilganini aytgan. Makshakov operatsiyani amalga oshirgan guruhning rahbari ekanligi taxmin qilinmoqda.

    Shuningdek, Kudryavtsev operatsiyada qatnashgan yana bir FXX xodimi — Vasiliy Kalashnikovning familiyasini tilga olgan. The Insider’ning yozishicha, Kalashnikov biologik namunalardagi nervni falaj qiladigan agentlarning metabolitlarini aniqlash sohasida ekspert hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Navalniy komaga tushganidan keyin Stanislav Makshakov Kalashnikovga qo‘ng‘iroq qilgan.

    Navalniy yana bir suhbatni e’lon qilgan, unda suhbatdosh qandaydir “Mixail” — Kudryavtsevning so‘zlariga ko‘ra, Mixail unga tozalash uchun kiyimlarni bergan (The Insider’ning yozishicha, u FXXning terrorizm bilan kurash bo‘yicha hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mixail Yevdokimov hisoblanadi). U Navalniy bilan operatsiyani himoyalanmagan telefon tarmog‘i orqali batafsil muhokama qilishdan bosh tortgan, biroq siyosatchining kiyimlarini Kudryavtsevga berganini tasdiqlagan.

    “Novichok”ni yaratgan olimlardan biri Vladimir Uglev sentabr oyida Navalniy ichki kiyim orqali zaharlanganini taxmin qilgandi. “Vaqt va dinamikaga (katta ehtimol) ko‘ra, Navalniy ertalab soat oltida o‘rnidan turgan, dush qabul qilgan, tanasini bug‘da yumshatgan, zaharlangan kalta ishtonni kiygan, samolyotda esa zaharlanishning jiddiy belgilari boshlangan”, — deya gapirgan mutaxassis.

    Navalniyning yangi videosidan keyin Vladimir Uglev o‘z taxminining mantig‘ini tushuntirib bergan. “Men zaharlovchi modda aynan kalta ishtonlarga surilganligini taxmin qilgandim, chunki bu eng intim narsa bo‘lib, unga egasidan boshqa odam tega olmaydi. Boshqa odamlarning zararlanish xavfi ham yo‘q. Albatta, paypoqlar ham bor, biroq kalta ishton ostida yumshoq va qabul qiluvchan teri bor, masalan, tovon terisi unday emas”, — deya ma’lum qilgan Uglev.

    Mavzuga doir: 

    • “Tahdidlaringizga tupurdim”. Navalniyning gaplari yuzasidan ekstremizmga tekshiruv boshlanganidan so‘ng Putinga murojaat qildi
    • “Putin ushbu vaziyatni boshqarayotganiga zarracha shubha yo‘q”. Navalniy unga suiqasd qilingani haqida
    • “U kimga kerak o‘zi? Agar xohlaganimizda ishni oxiriga yetkazgan bo‘lardik”. Putin Navalniyning zaharlangani haqida

    21.12.2020, 23:28   Izoh (0)   35533
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST COVID-19 mutatsiyasi tarqalishini to‘xtatishga chaqirdi

    21.12.2020, 22:27

    Daniya hukumati koronavirus sabab o‘ldirilgan millionlab qorako‘zanlarning jasadini kavlab olib, yoqib yuboradi

    21.12.2020, 18:19

    Rossiyada bir kunda rekord darajada — 29 350 kishi koronavirusga chalindi

    21.12.2020, 17:56

    Fransiyada koronavirusga qarshi emlash 27-dekabrda boshlanadi

    21.12.2020, 16:55

    AQShda shatdaunning oldini olish uchun bir kunga budjet qabul qilindi

    21.12.2020, 16:42

    Qozog‘iston Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqarishga kirishdi, fevraldan ommaviy emlash boshlanadi

    21.12.2020, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.