• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari 500 mln dollarlik yevrobondlar qayerga yo‘naltirilishini aytdi

    Toshkent shahar hokimligi 2021-yilning birinchi choragida yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda poytaxt hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonov 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Xalqaro qarz bozoriga chiqish rejasi haqida avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev aytgandi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati 500 million dollarga teng ikki turdagi yevroobligatsiya transhi, ya’ni dollar va so‘mda joylashtirish kutilmoqda, shundan 200 million dollari milliy valyutada denominatsiyalanadi.

    “Biz muayyan yo‘lni bosib o‘tdik. Yil davomida ishlab, shahar reytingini oldik, va hozirda uni yangiladik. Fitch Ratings reytingi ijobiy prognoz bilan “BB-”ni tasdiqladi. Hozir biz Standard & Poor's (S&P) (reyting agentligi) bilan ishlayapmiz, ikkinchi reytingni olishimiz kerak”, — degan hokim o'rinbosari.

    Sharof Rahmonov ma’muriyat jalb etiladigan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha “muayyan hisob-kitoblarni” amalga oshirganligini bildirgan.

    “Asosan, resurslar jalb qilinganida ular ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘larning qaytarilishi odatda budjet mablag‘lari hisobiga, budjetni ortig‘i bilan to‘ldirish va boshqalar hisobiga amalga oshiriladi. Ammo ushbu holatda shaharda amalga oshiriladigan xalqaro kompaniyalar bilan tijoriy loyihalarni tayyorladik. Ushbu tijoriy loyihalardan foyda olish orqali biz obligatsiyalar va foiz marjasini qaytarishni rejalashtiryapmiz. Prognozlarimizga ko‘ra, bu taxminan 4 foizni tashkil qiladi”, — degan u.

    Hokim o‘rinbosarining aytishicha, hokimiyat loyihalar ro‘yxatini yevroobligatsiya chiqarilgandan so‘ng oshkor qilishi mumkin, chunki ular “muayyan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan”.

    “Shuni aytish joizki, ushbu loyihalar tijorat maqsadlarda bo‘lishiga qaramay, biz fuqarolar uchun zarur yashash sharoitlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratamiz. Va tabiiyki, boshqa jahon poytaxtlarida bo‘lgani kabi biz ham asosiy e’tiborni xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratamiz”, — deb ta’kidlagan u.

    Sharof Rahmonovning ta’kidlashicha, yevroobligatsiyalarni joylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi. Avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev tibbiyot muassasalariga 100 million dollar ajratishni taklif qilgandi.

    Uning qayd etishicha, joylashtirish London fond birjasida amalga oshiriladi.

    Budjet qonunchiligiga binoan (142-modda) O‘zbekistonning shahar va viloyatlari ichki yoki tashqi bozorda qarz mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega emas. Shu bilan birga, Prezident farmoni bilan Toshkentga ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berildi (yevroobligatsiyalar tashqi bozorga chiqishni ta’minlaydi), ya’ni poytaxt hokimi o‘zini qoplaydigan investitsion loyihalari uchun aholining foydalanilmayotgan mablag‘larini poytaxt obligatsiyalari yoki tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari aksiyalari ko‘rinishidagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yo‘li bilan jalb qilishi mumkin.

    Kapital bozorini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Egamberdiyev Toshkent shahar hokimligining yevroobligatsiya chiqarishga huquqiy asosi borligini bildirgan.

    20.12.2020, 23:49   Izoh (0)   17777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi qozonxonada gaz o‘g‘irlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    20.12.2020, 23:33

    Namangan viloyati hokimi Hyundai avtozavodi qurilishi to‘xtab qolgani sabablariga oydinlik kiritdi

    20.12.2020, 23:18

    Samarqand viloyati aholisining tabiiy gazdan qarzdorligi 785 milliard so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi

    20.12.2020, 22:17

    Erkinjon Turdimov: Samarqand shahrida 40 mingdan ortiq xonadon oqova suv xizmati bilan ta’minlanmagan

    20.12.2020, 21:19

    “O‘zgidromet” 21-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    20.12.2020, 19:38

    “UzAuto motors”ga ishga joylashtiraman deb, odamlarni chuv tushirgan sobiq bandlik va advokatlik byurosi xodimlariga sud hukmi o‘qildi

    20.12.2020, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.