Avstriya kansleri Sebastyan Kurts koronavirusga qarshi kurashish uchun mamlakatda uchinchi karantin joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Kanslerning ma’lum qilishicha, cheklovlar 26-dekabrdan 24-yanvargacha amalda bo‘ladi. Cheklovlar shoshilinch holatlardan tashqari uydan chiqishga taqiqni nazarda tutadi. Do‘konlar ishi to‘xtatiladi, yashash uchun zarur mahsulotlar sotadigan do‘konlar o‘z ishini davom ettiradi.
Kurtsning qo‘shimcha qilishicha, 15—17-yanvar kunlari COVID-19 aniqlash bo‘yicha ommaviy test o‘tkaziladi. Testlarda qatnashganlar mamlakat bo‘ylab nisbatan erkinroq harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Pandemiya boshidan buyon Avstriyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 330 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 5,1 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Avstriyada 17-noyabrdan ikkinchi karantin joriy qilingandi. Dekabr oyining boshida Avstriyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha aholini ommaviy testdan o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)