• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev raisligida MDH sammiti bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammit ishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Moldova prezidenti Igor Dodon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va Hamdo‘stlik parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko ishtirok etdi.

    Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi rejalar belgilab olindi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston shu yil Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani ilk bor o‘z zimmasiga olganini ta’kidladi.

    MDHning ulkan salohiyatidan foydalanish, sa’y-harakatlarni birlashtirish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yana-da mustahkamlash koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan inqirozdan tez fursatlarda chiqishning maqbul yo‘llarini topish uchun xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “O‘zbekiston umumiy muammolarni hal qilishga yangi, nostandart va o‘zaro manfaatli yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyor”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichiga izchil o‘tish, sheriklik mexanizmlari va qabul qilingan hujjatlar ijrosi samaradorligini oshirish tarafdoridir.

    Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir qator takliflarni ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xususan, bugungi sharoitda mamlakatlar iqtisodiyotlari, savdo va kooperatsiya aloqalarini jadal sur’atlarda qayta tiklash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Mavjud muammolarga qaramay, O‘zbekistonning MDHga a’zo boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi barqaror o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim sheriklar bilan savdo 2020-yilda 20 foizdan ziyodga ko‘paygan.

    Hamdo‘stlik doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini keng joriy etish, elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.

    O‘zbekiston rahbari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

    Bunda agrosanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo‘shma klasterlar tashkil etish nazarda tutiladi. Ushbu dastur hamda innovatsion loyihalar va ilg‘or texnologiyalar taqdimotini 2020-yil Toshkent shahrida o‘tadigan MDH mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi forumi doirasida o‘tkazish taklif etildi.

    Transport yo‘laklari raqobatbardoshligini oshirish, texnik reglament va standartlarni uyg‘unlashtirish, o‘zaro kelishilgan tarif siyosatini amalga oshirish va preferensiyalarni o‘zaro taqdim etish transport sohasidagi muhim vazifalar sifatida belgilandi.

    “O‘zbekiston barcha sanitariya talablariga rioya etgan holda o‘zaro aviaqatnovlarni imkon qadar tez fursatda qayta yo‘lga qo‘yish tarafdoridir. Bu ishbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini tiklashga xizmat qiladi”, – deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

    MDH mamlakatlarining Hamdo‘stlik davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbari mehnat migrantlari hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish vaqti kelganini qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda sanitariya-epidemiologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning samarali tizimini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan MDH doirasidagi tegishli kelishuvni tayyorlash ishlari tezlashtiriladi.

    Kasalliklarni profilaktika qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda “MDH salomatlik marafoni”ni o‘tkazish taklif etildi.

    MDH ijodiy va fan ziyolilarining navbatdagi forumi doirasida O‘zbekistonda “Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniy merosi” konferensiyasini o‘tkazish g‘oyasi ilgari surildi. Bu an’anaviy yaqin bo‘lgan gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    MDH makonidagi xavfsizlikka tahdid solayotgan xatarlar to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, Afg‘onistonda yo‘lga qo‘yilayotgan tinchlik jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etildi.

    “Ushbu mamlakatning tinchligi butun Hamdo‘stlik makonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir. Bu, shuningdek, davlatlarimizning Janubiy Osiyo bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar degani”, – deya ta’kidladi Prezident.

    Mafkuraviy va axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham yangi, noodatiy yondashuvlarni taqozo etayotgani qayd etildi. Ushbu mavzudagi avval qoldirilgan Xalqaro ekspertlar forumi kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

    Bundan tashqari, huquqiy axborot bilan almashish uchun MDH Yagona elektron platformasini yaratish va Radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tashkilot makonida do‘stlik va yaqin hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlarning o‘rni ortib borayotgani ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kelgusi yilda MDH Parlamentlararo assambleyasining yig‘ilishlaridan birini Toshkentda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

    So‘ng MDHga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar uchun O‘zbekistonga chuqur minnatdorlik bildirdi, bu mamlakatning Hamdo‘stlikka samarali raisligini ta’minlabgina qolmay, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirganini ta’kidladilar.

    Davlat rahbarlarining nutqlarida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, gumanitar sohalarda aloqalarni chuqurlashtirish, MDHda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

    Sammit yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, pandemiya oqibatlari bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Hamdo‘stlik yangi voqelikka samarali moslashishga qodirligini namoyish etdi.

    Majlisda MDHni yana-da rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, BMT tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan hamda xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonotlar qabul qilindi.

    Shuningdek, 2020-yilda tashkilotga Belarus raislik qilishi va navbatdagi sammitni Minsk shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir qator muhim hujjatlar imzolandi.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoni “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlagani hamda Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Qozog‘iston Mustaqillik kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

    18.12.2020, 19:08   Izoh (0)   26200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy va o‘rta ta’lim vaziri oliy ta’lim muassasalarida hijob o‘rab yurish masalasiga izoh berdi

    18.12.2020, 18:52

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yana sovib, qor yog‘adi

    18.12.2020, 18:28

    O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyida gaz eksporti 2019-yilga nisbatan 78 foizga kamaydi

    18.12.2020, 18:04

    Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 500 mln dollar ajratdi

    18.12.2020, 17:27

    O‘zbekistonning to‘rtta universiteti Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning eng yaxshi oliygohlari qatoriga kirdi

    18.12.2020, 17:03

    Oyiga 200 dollardan kam pul yuborayotgan mehnat muhojirlarini O‘zbekistonga qaytarish topshirig‘i berilgan — Uychi tumani hokimi

    18.12.2020, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.