• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini oldi. Bu jamiyat hayotida qanday aks etadi?

    Ulug‘bek  Abduvositov, “Daryo” yosh jurnalistlar maktabi tinglovchisi.

    11-dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEOII) videoanjuman shaklida o‘tkazilgan sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qariyb ikki yil davom etgan muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi YEOIIning kuzatuvchi davlatlari qatoridan joy oldi. Qabul qilingan qarorgacha bo‘lgan davr mobaynida katta-kichik minbarlardan YEOIIga qo‘shilish O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida qarama-qarshi fikrlar yangragan edi. Aslida qanday? Ittifoq ko‘zlangan ulkan integratsion rivojlanishga erisha oladimi?

    Tarixga nazar

    YEOII 2014-yilda tugatilgan Yevrosiyo iqtisodiy uyushmasining to‘g‘ridan to‘g‘ri davomchisi bo‘lgani holda 2015-yil 1-yanvardan o‘z faoliyatini boshlagan. A’zo davlatlar tarkibi ham deyarli o‘zgarmagan. Yagona farqi, oldingi Tojikiston o‘rnini yangi ittifoqda Armaniston egallagan. O‘zbekiston ham qisqa muddat (2006–2008) mobaynida uyushma tarkibida bo‘lgan. Maqsad va vazifalari ham saqlanib qolgan yangicha ittifoqqa yana bir a’zo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi?

    YEOIIga a’zo bo‘lish masalasi ilk bor O‘zbekiston Prezidentining 2019-yilda Senat majlisidagi nutqida tilga olingan edi. 2020-yilning may oyiga kelib O‘zbekiston Oliy Majlisi Ittifoq faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi.

    Mutaxassis va ekspertlar fikri

    Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Odil Olimjonov ittifoqqa a’zo bo‘lishning ijobiy tomonlari sifatida qo‘shni davlatlarning oldindan yagona hududiy kompleks sifatida shakllangani, boj siyosatining yengillashtirilishi, mehnat resurslarining samarali taqsimlanishi va arzon elektroenergetika bozorining tashkil etilishini keltirib o‘tadi.

    Mustaqil ekspert Farhod Mirzaboyev ittifoqqa a’zolikning asosiy ijobiy yo‘nalishi mamlakatlar ishbilarmonlari o‘rtasida raqobat muhitining kuchayishi va savdo sohasining sog‘lomlashtirilishida deb biladi.

    “Xalq” demokratik partiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov asosiy e’tiborni ijtimoiy himoyaga qaratgan holda ittifoq hududida harakatlanadigan vatandoshlar pensiya, ta’lim va tibbiy xizmat olish huquqiga ega bo‘lishlarini ijobiy hol sifatida ko‘radi.

    “Ma’no” tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori, siyosatshunos Baxtiyor Ergashev integratsiyadan asosiy zarbani avtosanoat qabul qilib olishini va jiddiy ziyon ko‘rishini keltiradi.

    Gruziyalik siyosiy tahlilchi Irina Jorbenadze O‘zbekistonning ittifoqqa kirishini salbiy jihati qatorida Rossiyaning global sanksiyalar urushida ittifoq a’zolariga iqtisodiy zarar yetkazilishini ta’kidlaydi.

    Taniqli bloger Feruz Allayev YEOIIga a’zolikning salbiy taraflariga to‘xtalar ekan, eng xavotirlisi Rossiyaning a’zo mamlakatlar ichki va tashqi siyosatiga aralashish deb hisoblaydi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekiston uchun avvalo iqtisodiyot muhimligini ta’kidlab, savdo savodxonlikdan muhim degan fikrni bildirgan.

    “Adolat” sotsial demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ittifoqqa a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun sanoat sohasida avtosanoat bilan birga, oziq-ovqat va farmatsevtikada taxminan 2 milliard dollar yo‘qotishga uchrashi aytilgan.

    Mega Prodex korxonasi rahbari Saidorifxon Saidazimov hozirda eksportchilar uchun eng asosiy muammo bojxona taqiqlarida deb hisoblaydi va agar ittifoqqa a’zo bo‘lish katta yutuq bo‘lishini ta’kidlaydi.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ittifoqqa a’zo bo‘lish ortidan soliq sohasida unifikatsiya ishlari zarur bo‘lishini bildirdi.

    Nagoya iqtisodiyot universiteti professori, “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi Alisher Umirdinov olib borgan tahlili natijasida agarda O‘zbekiston YEOIIga a’zo bo‘lib, keyinchalik undan chiqishga urinsa, ulkan bosim ostida qolishini xulosa o‘rnida keltiradi.

    O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev noyabr oyida AQShga delegatsiya tashrifi chog‘ida O‘zbekistonning YEOIIga a’zolik masalasi hozircha ochiqligi va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ustuvorlikka egaligini ta’kidlab o‘tgan edi.

    Kuzatuvchi maqomini olish arafasida O‘zbekistonning bir qator mahsulotlariga Rossiya tomonidan taqiq qo‘yilishiga munosabat bildirgan Oliy Majlis deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov eksport diversifikatsiyasini kengaytirish uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish kerakligini ta’kidladi.

    Ittifoqning ichki holati

    Ittifoq a’zolarining joriy yildagi o‘zaro munosabatlari havas qiladigan darajada emas. May oyida ittifoqning integratsiyasini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev e’tiroz bildirib, qator masalalar yuzma-yuz uchrashuvda qabul qilinishi kerakligini bildirdi. Qirg‘iziston hukumati yoz mavsumida chegarada yuz bergan yuk mashinalarining tranzit muammosi sababli ittifoqdan chiqish masalasini ko‘targan edi. Lekin oktabrda yuz bergan navbatdagi inqilob sabab bu masala kun tartibidan ko‘tarildi.

    E’tiborlisi, bu ittifoqdan Rossiyaning asosiy hamkori Belarus ham mamnun emas. Iyul oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko YEOIIda qator muammolar borligini va aksariyat kelishuvlar bajarilmaganini aytdi. Biroq bu da’vo ham Belarusda prezidentlik saylovidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklar fonida qolib ketdi va amaldagi hukumat ittifoq, ayniqsa Rossiya yordamiga butunlay suyanib qoldi. Kuzning asosiy masalasiga aylangan Ozarbayjon–Armaniston to‘qnashuvidan keyin Armanistonga Rossiyaning tinchlikparvar qo‘shini joylashtirildi va amalda mamlakat ustidan zimdan nazorat o‘rnatildi.

    YEOIIning oxirgi vaqtda mana shunday yo‘qotishlari ortidan O‘zbekiston va Kubaning kuzatuvchi davlat maqomini olishi ittifoqning qudratini mustahkamlashga qo‘yilgan qadam sifatida ko‘rish mumkin.

    Xulosa o‘rnida

    Har bir savdo yoki iqtisodiy ittifoqning o‘ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari bo‘lgani singari YEOII ham bundan mustasno emas. Hatto Yevropa Ittifoqi shu jumlasidan. Uzoqqa bormay, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishini (Brexit) misol qilish mumkin. Turlicha iqtisodiy o‘sish hamkor davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi bunga sabab qilib ko‘rsatiladi.

    YEOIIni Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuviga (NAFTA) qiyoslash mumkin. NAFTA ham AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida 1994-yilda tuzilgan va bir qator muammo va muvaffaqqiyatsizliklardan keyin 2020-yilda Qo‘shma Shtatlar–Meksika–Kanada shartnomasiga (USMCA) o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

    Diqqatga sazovor jihati, YEOIIning tom ma’noda iqtisodiy tashabbuslar asosida tuzilgani e’tirof etilsa ham, ittifoq rahbariyatining bunga jiddiy yondashmasligidadir. 11-dekabr kungi sammit haqida 16-dekabr holatiga a’zo davlatlar axborot xizmati tugul ittifoq rasmiy sayti ham biror xabar joylashtirmadi. Har holda ittifoqqa kuzatuvchi maqomida bo‘lsa-da, a’zo bo‘lish qandaydir ahamiyat kasb etishi kerak edi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    18.12.2020, 15:49   Izoh (0)   81762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputatlar sud qarori ustidan kassatsiya shikoyatini keltirish huquqini cheklovchi qonunlarni qabul qildi. Bundan maqsad nima?

    18.12.2020, 15:25

    Toshkentda mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan “Istiqlol” majmuasi barpo etiladi

    18.12.2020, 15:01

    Andijon, Surxondaryo va Xorazm sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

    18.12.2020, 14:30

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi talabalarga koronavirusga qarshi dorilarning faqat Dori-Darmon AK tomonidan yetkazib berilishida qonun buzilish holatini an...

    18.12.2020, 13:49

    Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollarning pullari 18-dekabr kuni to‘liq to‘lab beriladi — Mehnat vazirligi

    18.12.2020, 13:24

    O‘zbekiston hukumati Coca-Cola’dagi davlat ulushini oshkora sotuv jarayoni orqali sotadi

    18.12.2020, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:59

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.