• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar sud qarori ustidan kassatsiya shikoyatini keltirish huquqini cheklovchi qonunlarni qabul qildi. Bundan maqsad nima?

    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan amaldagi 13 ta qonun hujjatlari, shu jumladan, 10 ta qonun va 3 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. “Kun.uz”ning yozishicha, Qonunchilik palatasi qabul qilgan va ma’qullash uchun Senatga jo‘natilgan bir qator qonunlardan shuni anglash mumkinki, endilikda shaxsning sud qarori ustidan kassatsiya shikoyati keltirish huquqi cheklanishi ehtimoli bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Huquqshunos Abbos Salaydinov sud qarori ustidan shikoyat qilishning amaldagi tartibi va kassatsiya shikoyatini keltirish huquqini cheklovchi qonunlar qabul qilinsa qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntirdi. Quyida uning so‘zlarida to‘lig‘icha keltirildi.

    Buning qo‘rqinchli oqibati shundaki, birinchi instansiya sudining qarori qabul qilinganidan so‘ng, ushbu qaror ustidan belgilangan muddat ichida apellyatsiya shikoyati berilmasa, ushbu sud qarori ustidan keyinchalik umuman shikoyat berib bo‘lmaydi.

    “Islohot” mohiyatini yaxshilab tushunib olish uchun so‘zimizni dastlab sud qarori ustidan shikoyat qilishning amaldagi tartibi qanday ekani bilan boshlasak.

    Fuqarolik protsessual kodeksning 403-moddasiga ko‘ra, sudning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 6 oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi va prokuror protest keltirishi mumkin.

    Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksning 498-moddasida, Iqtisodiy protsessual kodeksning 282-moddasida, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 224-moddasida ham shaxslarning kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqi mustahkamlangan bo‘lib, ularning barchasida kassatsiya tartibidagi shikoyat apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sud qarorlari ustidan keltirilishi mumkinligi belgilangan.

    Masalan, suddagi bir taraf o‘zi qatnashgan ish bo‘yicha chiqqan sud qaroridan qaror qonuniy kuchga kirganidan keyin qaysidir holatga ko‘ra norozi bo‘lib qoldi. Ushbu holatda shaxs apellyatsiya shikoyati berish muddatini o‘tkazib yuborgan bo‘ladi, ammo unda yuqorida aytilgan protsessual kodekslarda belgilangan huquqidan foydalangan holda kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqi mavjud bo‘ladi.

    Ammo fuqarolarning bu huquqi o‘tmishga aylanish arafasida turibdi. Basharti Qonunchilik palatasi deputatlari qabul qilgan qonunlar Senatda ham shundayligicha ma’qullansa va ularni Prezident imzolasa.

    18-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Senatning o‘ninchi yalpi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan bir qator qonunlar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Ular orasida mavzuga aloqador bo‘lgan 6 ta qonun bilan tegishli ravishda quyidagi hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:

    • Konstitutsiya;
    • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks;
    • Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks;
    • Jinoyat-protsessual kodeksi;
    • Iqtisodiy protsessual kodeks;
    • Fuqarolik protsessual kodeksi.
    Aytish joizki, ushbu qonunlar haqida Qonunchilik palatasidagi muhokamalar jarayonida jamoatchilikka tuzuk-quruq ma’lumot ham berilgani yo‘q.

    Jamoatchilikdagi haqli e’tirozlardan so‘ng, o‘zini saylagan xalq oldida mas’uliyat his qilgan deputat Rasul Kusherbayev Konstitutsiyaga qanday o‘zgartishlar kiritilayotgani haqida qisqa ma’lumot berdi.

    Ammo kodekslarga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonunlar haqida biror yerda lom-mim deyilgani yo‘q.

    Yuqoridagi qonunlar nomlarida “sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan” degan bashang jumlalar qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, mohiyatan ushbu loyihalar sud qarorlarini qayta ko‘rish institutini ta’bir joiz bo‘lsa “botqoqqa botirishi” mumkin.

    Keling, aniq misollar bilan ko‘rib chiqsak.

    “Sud hujjatlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mazkur Kodeksning:

    • 282-moddasiga birinchi instansiya tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan qaror apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, qonuniy kuchga kirganidan so‘ng kassatsiya shikoyati (protesti) berish mumkinligi;
    • 285-moddasiga kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e'tiboran bir yil ichida berilishi mumkinligi haqidagi qoidalar kiritilmoqda.
    Qonun loyihasi ushbu ko‘rinishda qabul qilinishi oqibatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Aytaylik, tadbirkor iqtisodiy sudda sudlashmoqchi. Da’vo ariza sudda ko‘rilishi uchun davlat boji to‘ladi. Sud ataylab yo beixtiyor ishni bir yoqlama ko‘rib chiqib, tadbirkor zarariga qaror chiqardi. Tadbirkor uzrsiz sabablar bilan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritish muddatini o‘tkazib yubordi.

    Amaldagi qonunchilik bo‘yicha esa tadbirkor apellyatsiya shikoyati berishga kechikkan bo‘lsa, unda kassatsiya shikoyati berish huquqi ham bor (6 oy ichida). Bu muddat oralig‘ida tadbirkor ishda yutib chiqish uchun dalillar to‘plash imkoniga ham ega bo‘lishi mumkin.

    Basharti, qonun loyihasi tasdiqlangudek bo‘lsa, misolda aytilgan tadbirkor birinchi instansiya sudining qarori ustidan belgilangan muddat (30 kun) ichida apellyatsiya shikoyati bermasa, u keyinchalik umuman shikoyat bera olmaydi.

    Bundan tashqari, amaliyotda jinoyat sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli chiqarilgan noto‘g‘ri hukmlar bir necha yil o‘tib berilgan shikoyat yoki protestlar asosida aniqlangani va adolat qaror topib, nohaq hukm qilingan shaxslar oqlanganiga ham ko‘p guvoh bo‘lganmiz.

    Taklif etilayotgan o‘zgartishlar bilan sud hukmi ustidan shikoyat (protest) berish muddati 1 yildan 20 kunga qisqartirilishi mumkin. Bu – sud tomonidan nohaqlikka uchragan va kelgusida uchrashi mumkin bo‘lgan shaxslarning huquqiga xiyonat bo‘ladi, deb aytsak xato bo‘lmaydi.

    Yuqoridagilarga o‘xshash misollarni fuqarolik va ma'muriy ishlar bo‘yicha ham yetarlicha keltirish mumkin.

    2020-yil 24-iyuldagi Prezident farmonida, apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'atlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish tartibini joriy etish haqidagi ko‘rsatma mavjud edi.

    Ammo, bu farmon butun boshli nazorat instansiyasini institut sifatida tugatish evaziga fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan huquqlariga daxl qiladigan mexanizmni joriy etishni nazarda tutmagan edi, nazarimizda.

    Sud qarorlaridan shikoyat qilish institutining bu tarzda keskin o‘zgarishi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga ham zid.

    Deklaratsiyada shaxsning qonun bilan berilgan huquqlari buzilgan taqdirda, o‘z huquqini sudlar orqali samarali ta'minlash huquqiga egaligi belgilangan.

    Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: o‘zi bu qonun loyihasini ishlab chiqishda aynan qaysi xorijiy davlatlar tajribasiga tayanilgan? Yoki islohot qilishdan maqsad — sud qarorlari ustidan bo‘ladigan shikoyatlarni “chopish” orqali sudlarning ish hajmini kamaytirish xolosmi?

    Aytish lozimki, shaxsni ikkinchi instansiyadagi tanlov imkoniyati (apellyatsiya yoki kassatsiya tanlovi)dan mahrum qilib, ish kassatsiya tartibida ko‘rilishi uchun avval apellyatsiya “darvozasidan” o‘tilishining majburiy etib belgilanishi shaxslarning Konstitutsiya va umume’tirof etilgan xalqaro normalardagi odil sudlovga bo‘lgan huquqlarini cheklab, davlatimizning xalqaro maydondagi imijini keskin tushirib yuboradi.

    Qolaversa, odil sudlovga bo‘lgan huquqlari cheklangan xalqning davlatga, sudga bo‘lgan ishonchi pasayib, adolatni boshqa joydan izlashiga sabab bo‘ladi.

    So‘zimiz yakunida Senat a’zolaridan 18-dekabr kuni bo‘ladigan yalpi majlisda qonunlarni tanqidiy ko‘rib chiqishlarini so‘rab qolamiz. Zero, odil sudlov huquqiga oid har bir yangi norma xalq manfaatlarini to‘la ifoda etishi zarur.

    18.12.2020, 15:25   Izoh (0)   43500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan “Istiqlol” majmuasi barpo etiladi

    18.12.2020, 15:01

    Andijon, Surxondaryo va Xorazm sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

    18.12.2020, 14:30

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi talabalarga koronavirusga qarshi dorilarning faqat Dori-Darmon AK tomonidan yetkazib berilishida qonun buzilish holatini an...

    18.12.2020, 13:49

    Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollarning pullari 18-dekabr kuni to‘liq to‘lab beriladi — Mehnat vazirligi

    18.12.2020, 13:24

    O‘zbekiston hukumati Coca-Cola’dagi davlat ulushini oshkora sotuv jarayoni orqali sotadi

    18.12.2020, 13:12

    “Abu Saxiy”da 25 yoshli yigit akasini pichoqlab o‘ldirdi (video)

    18.12.2020, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.