YouTube’dagi Woodworking Art kanali orqali mashhurlikka erishgan vyetnamlik duradgor 1:13 masshtabda yog‘ochdan yaratilgan o‘zining so‘nggi ishi — Ford Ranger Raptor modelini sotuvga qo‘ydi. U pikapni yaratishga 35 kun sarflagan va endilikda uni 2 ming dollarga sotishga tayyor, deb xabar beradi Motor.
Yog‘och modelning uzunligi — 500, eni — 200, balandligi esa 210 millimetrni tashkil etadi, pikap og‘irligi — besh kilogramm. Raptor “podveska”ga, aylanadigan g‘ildiraklar, ochiladigan eshiklar va yukxonaga ega. Mashina to‘liq Fokieniya daraxtidan (Vyetnam sarvi) yasalgan bo‘lib, uni yaratishda eng oddiy asbob-uskunlarda foydalanilgan.
Avvalroq Woodworking Art kanaliga 1967-yilda ishlab chiqarilgan Ford Mustang GT50 hamda Audi Q7 modelining aniq nusxasi yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)