Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YouTube’dagi Woodworking Art kanaliga 1967-yilda ishlab chiqarilgan Ford Mustang GT500 modelining yog‘och bo‘lagidan yasalgan aniq nusxasi tasvirlangan video joylashtirildi. Klassik sportkarning nusxasini yaratish uchun usta uch hafta vaqt sarflagan, biroq u butun ish jarayonini sakkiz daqiqali videoga joylashtirgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ford Mustang GT500’ning yog‘och nusxasi metall va plastikdan yaratilgan boshqa shu kabi modellardan yaxshi ishlangan: usta uzatmalar qutisining richagi yoki rul ostidagi tugmalar kabi mayda detallarni ham ehtiyot bo‘lib qirqib olgan, g‘ildiraklarga alohida ishlov bergan hamda optika va oynalarni yopishtirgan.

Yog‘och model bir nechta qismdan iborat bo‘lib, ayrim uzatmalar originaliga xos tarzda yaratilgan, masalan, rul tyagasi va prujinali podveska elementlari. Duradgor hech qanday maxsus anjomlardan foydalanmagan: modellashtirishda u oddiy printerda chop etilgan suratlarni ishlatgan.

Avvalroq vyetnamlik ushbu usta yog‘och bo‘lagidan Audi Q7’ning aniq nusxasini yaratgan edi. Mart oxirida yog‘ochdan yasalgan Toyota Land Cruiser 200’ga oid video hozirga qadar 100 million marotabadan ortiq tomosha qilingan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi