Buyuk Britaniyada “Santa Klaus chanasi” nomi bilan mashhurlikka erishgan 1990-yilgi qizil Morgan rodsteri sotuvga qo‘yildi. Hozirga qadar 42 ming kilometr yo‘l bosgan “sehrli” avtomobilni 32,3 ming dollarga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.
Rojdestvo arafasi Buyuk Britaniyada 30 yillik Morgan 4/4 sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, e’longa ko‘ra, u Santa-Klausga tegishli. Avtomobil ertaklardagi kabi an’anaviy yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Sotuvchining ta’kidlashicha, “sehrli” mashinaga butun umr chekmaydigan inson egalik qilgan, shuningdek, uning bug‘ulari ham bo‘lgani sabab o‘rindiqlarda ularning yungi bo‘lishi mumkin.
Suratlarga ko‘ra, rodster shuncha yildan buyon yaxshi holatda saqlangan. Avtomobil kuzovi ideal ko‘rinishga ega, saloni esa tabiiy oq charm va yong‘oq daraxtining yog‘ochlari bilan qoplangan. Bundan tashqari, Morgan qo‘shimcha qishki paketlarga ham ega, shuningdek, yukxonasi va gaz chiqarish tizimi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan. Odometrga ko‘ra, mashina 41 700 kilometr yo‘l bosgan.
Rojdestvo avtomobilining kapoti ostidan 95 ot kuchiga ega 1,6 litrli benzin dvigatel o‘rin olgan. Agregat to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida ishlaydi. Orqa uzatmali rodster soatiga 100 kilometr tezlikka 10 soniyada erishadi, maksimal tezligi 170 km/soat.
Izoh (0)