Temur Ismoilovich Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi, deya xabar qilmoqda Xorazm viloyati hokimligi.
Qayd etilishicha, tashkiliy masala Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqildi.
Temur Davletov Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Avvalroq Xorazm viloyatining Bog‘ot tumaniga vaqtinchalik hokim, Kegeyli tumaniga yangi hokim hamda Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)