Daryo

Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Davletbay Utemuratov bu lavozimda 2016-yil oktabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov o‘rnida ish boshladi

1 daqiqa o‘qish29 546 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Kun.uz”

15-dekabr kuni xalq deputatlari Kegeyli tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Davletbay Utemuratov Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Davletbay Utemuratov bu lavozimda 2016-yil oktabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov o‘rnida ish boshladi.

Davletbay Utemuratov 2010—2019-yillarda Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlagan. U Qoraqalpog‘iston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar bo‘lgan hokim hisoblanadi. 2019-yilning may oyida Davletbay Utemuratov Qorao‘zak tumani hokimi lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Roman Jumaboyev egallagandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar